Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda yangi bayramlar nishonlanishi belgilandi
14.12.2018 15:00,  
18

O‘zbekistonda ikkita yangi bayram - geologiya sohasi xodimlari kuni va bojxona xizmati xodimlarining kunini nishonlanadi.

Toshkentda o‘n yettinchi yalpi majlisida senatorlar “O‘zbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida” Qonunni ko‘rib chiqishdi. Bu sana aprel oyining birinchi yakshanbasida nishonlanadi.

Davlat bojxona xizmati xodimlarining kuni esa 26 yanvar kuni tantana qilinadi.

Shuningdek, Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining byudjetlari hamda soliq va byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari muhokama etildi.

Bundan avval, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat tartibini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun ma’qullanganligi haqida xabar bergandik.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан