Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda yangi haftadan boshlab havo sovib, yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
6.09.2019 21:30,  
216

Yangi haftaning boshida haroratning tushishi va yog‘ingarchiliklar kutilmoqda, deya xabar qildi «O‘zgidromet» matbuot xizmati.

Sinoptiklar bu yil kuz fasli noodatiy boshlanganini ta’kidlamoqda. Sentyabrning birinchi kuni respublika bo‘ylab ayrim joylarda bir oz yomg‘ir yog‘di, harorat ushbu mavsum uchun me’yoriy ko‘rsatkichlardan 3−5 daraja past bo‘lib, +25…+28 darajagacha tushdi.

So‘ngra Volgabo‘yi hududlaridan kirib kelgan salqin havo oqimlari ta’risida havo harorati pastligicha qoldi. Xuddi shu harorat joriy hafta oxiriga qadar hukmronlik qiladi.

Shanba kuni butun respublika bo‘ylab quyoshli havo hokim bo‘lsa, yakshanba kuni havo bulutli, biroq yog‘ingarchiliklarsiz bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kechasi +10…+15, kunduzi — +23…+28 daraja atrofida bo‘ladi.

Dushanba kuni kuni ob-havo keskin yomonlashadi. Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hamda Farg‘ona vodiysi bo‘ylab ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi, kunduzi harorat +17…+22 darajagacha tushishi mumkin.

Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida esa yomg‘ir yog‘ish ehtimoli pastroq, harorat +20…+25 daraja atrofida bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida yog‘ingarchiliklar kutilayotgan yo‘q.

Sentyabrda, ayniqsa oyning birinchi yarmida havoning bunday keskin sovushi uzoq davom etmaydi, deya qayd etdi sinoptiklar. Seshanbadan respublikada yog‘ingarchiliklarsiz ob-havo hukmronligi o‘rnatiladi, faqatgina Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchiklar yana bir kun davom etishi mumkin. Tungi va ertalabki soatlarda ancha salqin bo‘ladi — +8…+11 daraja. Kunduzgi harorat esa ko‘tarilishni boshlaydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан