Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistondan Qozog‘istonga anor olib kirish bo‘yicha qo‘yilgan taqiq olib tashlandi
14.03.2019 22:50,  
2

Ostona shahrida “O‘zdavkarantin” inspeksiyasi boshlig‘i I. Ergashev bilan Qozog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari G.Isayev o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi. Bu haqda O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, uchrashuvda anor importiga qo‘yilgan cheklovni bekor qilish, shuningdek, karantin ostidagi mahsulotlarning fitosanitar holati, ikki mamlakat karantin xizmatlari o‘rtasida eksport va import qilinayotgan meva-sabzavotlarni fitosanitar ko‘rikdan o‘tkazishda hamkorlikdagi nazoratni yanada kuchaytirish singari masalalar muhokama qilindi.

“Muzokaralar yakunida Qozog‘istonga O‘zbekistondan anor olib kirish uchun o‘rnatilgan vaqtincha taqiq 14 martdan olib tashlanishiga erishildi”, - deyiladi xabarda.

Bugundan e’tiboran eksportchi tadbirkorlar Qozog‘istonga anorni fitosanitar nazoratdan o‘tkazib, eksport qilishlari mumkin.

Eslati o‘tamiz, Qozog‘iston karantin xizmati 20 fevraldan O‘zbekistondan anor olib kirishni vaqtincha taqiqlagan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан