Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonga qaytgan AQShlik o‘zbek tadbirkori hibsga olindi
17.06.2018 20:46,  
122

O‘zbekistonga borgan AQSh fuqarosi Zokir Aliyev hibsga olingani xabar qilinmoqda. Uni taniganlarning aytishicha, Zokir Aliyev uchun Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanidagi yaqinlari taklifnoma bergan, OVIR tasdiqlagan va Tashqi ishlar vazirligi viza ruxsati chiqargan.

Zokir Aliyev AQShdagi xususiy soliq kompaniyasining rahbari hisoblanadi.

O‘zbekistonning Amerikadagi elchixonasi uning pasportiga 90 kunga viza qo‘ygan. Zokir Aliyev ota-onasining uyiga qadar yetib borgan. Yaqinlari bilan ko‘rishgandan keyin bir soat o‘tib Qarshi shahridan kelgan militsiya xodimlari uni olib ketishgan.

Amerikalik o‘zbeklarning yozishicha, Zokir Aliyev o‘zbeklarga hamisha yordam qilib kelishi bilan tanilgan.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yilning sentyabr oyida Amerika Qo‘shma Shtatlariga tashrif buyurganda o‘zbekistonlik vatandoshlarini olib ketishga tayyorligini bildirgan edi.

(rasmda Amerikadagi soliq kompaniyasi rahbari asli qashqadaryolik Zokir Aliyev)

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан