Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonlik ayolni haqorat qilgan rossiyalik o‘qituvchi ekstremistlar ro‘yxatiga kiritildi
14.04.2019 13:07,  
17

Rossiyaning Novosibirsk shahridagi maktablardan birida ota-onalar majlisi vaqtida o‘qituvchilardan biri O‘zbekistondan kelgan bolaning onasini haqorat qilgani uchun sudda javob beradi, deb xabar qilmoqda Volgograd News nashri.

Ota-onalar majlisi vaqtida o‘qituvchi o‘zbekistonlik ayolga qarab "Rus tilini o‘qi, surbet!", "Uyingga ket" va yana boshqa haqoratli so‘zlarni aytgan. O‘qituvchining bunday munosabati boshqa ota-onalarga yoqmagan va ularning noroziligiga sabab bo‘lgan.

Xabarday aytilishiga ko‘ra, ayni damda Natalya Oganisyan (o‘qituvchi) ustidan Rossiya JKning 282 moddasi (Ekstremizm, boshchalarga nisbatan nafrat uyg‘otish va haqorat qilish) 1 bandiga asosan jinoyat ishi ochilgan. O‘qituvchini ruhiy ekspertizadan o‘tkazish rejalashtirilgan.

Ushbu jinoyat ishi doirasida o‘qituvchiga 5 yil qamoq jazosi berilishi mumkin. Undan tashqari ayni damda u Rossiya ekstremistlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан