Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonlik erkak 11 yoshli o‘quvchi qizni nomusiga tegishda gumon qilinib hibsga olindi
7.06.2019 18:41,  
50

Moskva viloyatining Litkarino shahrida 11 yoshli qizning nomusiga tegishda gumon qilinayotgan erkak hibsga olindi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

“11 yoshli qizning nomusiga tegishda gumon qilinuvchi 46 yoshli erkak hibsga olindi”, - deyiladi xabarda.

Tergov ma’lumotlariga qaraganda, 2018 yil iyun oyidan 2019 yil yanvar oyiga qadar bir necha marta yosh qizchaning nomusiga tekkan. Qayd etilishicha, qizcha uning qizining dugonasi bo‘lgan.

Qizni ko‘rikdan o‘tkazgan shifokorlar uning 21-22 haftalik homilasi borligini aniqlashgan.

“KP” nashrining huquqni muhofaza qiluvchi organlardagi manbasiga tayanib yozishicha, gumon qilinuvchi shaxs sifatida O‘zbekiston fuqarosi hibsga olingan.

Hozirda ushbu hodisa yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан