Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonlik harbiy uchuvchilar AQShdan kelgan hamkasblariga master-klass o‘tdi
12.09.2019 19:19,  
19

Amerika Qo‘shma Shtatlari harbiy aviatsiya delegatsiyasi O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligida mehmon bo‘lib turibdi. Tashrif davomida mehmonlar O‘zbekiston Harbiy havo kuchlariga qarashli harbiy qismlardan birida joylashgan harbiy aerodromda hamkorlikdagi treninglar va parvozlarni amalga oshirdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.

Parvozlar turli iqlim sharoitlarida – tog‘li va sahro, tungi ko‘rish moslamalaridan foydalangan holda o‘tkazildi. Xorijlik harbiy mutaxassislar o‘zlarining nazariy tajribalari bilan bo‘lishganidan so‘ng, o‘zbekistonlik uchuvchilar olingan bilim va ko‘nikmalarni amalda sinab ko‘rdi. Buning uchun ikkita maxsus vertolyot tayyorlanib, hamkorlikda parvozlar amalga oshirildi.

Ta’kidlanishicha, juda past balandlikda kuchli kesishgan hududlarda parvozlarni amalga oshirish eng murakkab jarayon hisoblanadi. Bu kabi sharoitda uchish uchun katta tajribaga ega professional uchuvchilar tanlab olinadi. AQShdan kelgan harbiy uchuvchilar o‘zbekistonlik uchuvchilar yordamida baland tog‘ daralari ustidan parvoz qilib, mahalliy hududning ajoyib manzaralarini suratga olishga muvaffaq bo‘ldi.

AQSh Qurolli Kuchlari uchuvchisi podpolkovnik Bred Xouning qayd etishicha, tashrifdan maqsad – O‘zbekiston bilan vertolyot va transport aviatsiyasi sohasida uchuvchilarni tayyorlash bo‘yicha hamkorlikni olib borish.

“O‘zbekiston Harbiy havo kuchlarining uchuvchilari boshqaruvida parvozlarni amalga oshirdik. To‘g‘risini aytaman, ular yuqori darajadagi parvozlarni namoyish etishdi. Missisipi shtatidan bo‘lgan uchuvchilarimiz uchun bu haqiqiy master-klass bo‘ldi. Bizda mashg‘ulotlar asosan tekis hududlarda amalga oshiriladi, shu sababli uchuvchilarimizning tayyorgarlik darajasini oshirishi uchun sizning tajribangiz muhim ahamiyatga ega”, –deydi podpolkovnik Bred Xou.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан