Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonlik Ibaydullo Subhonov tuzgan GTA jinoiy to‘dasi a’zolari Rossiyada umrbod qamoq jazosini oldilar
10.09.2019 16:19,  
46

2012 yildan 2014 yilgacha Moskva, Podmoskove va Kaluga viloyatlari yo‘llarida haydovchilarni o‘ldirgani uchun jazo berilgan to‘daning besh a’zosiga nisbatan hukm kuchga kirdi. Bu haqda TASS muxbiri sud zalidan xabar berdi.

Sudya: “Hukm o‘zgarishsiz o‘z kuchida qoldi, apellatsiya shikoyati qanoatlantirilmadi”, deb e’lon qildi.

2018 yil avgustda Moskva viloyati sudi to‘daning to‘rt a’zosi – Hazratxon Dodoxonov, Sherjon Qodirov, Anvar Ulug‘murodov va Umar Hasanovni umrbod qamoq jazosiga hukm qilgan, beshinchi a’zo – Zafarjon G‘ulomov 20 yilga qamalgan edi.

Sudlanuvchilar 17 kishini o‘ldirish va ikki kishining joniga qasd qilishda aybdor deb topilgan, shuningdek, bosqinchilik, talonchilik, noqonuniy ravishda qurol tayyorlash va uni saqlash hamda hujjatlarni o‘g‘rilashda ayblangan edi. Sud eshituvlariga jalb qilinganlar ish jarayonida jinoyatlarni guruh bo‘lib qilganini tan olgan, ammo qotillik qilganlarini inkor etgandi.

Bu to‘da ommaviy axborot vositalarida mashhur kompyuter o‘yini bo‘lgan Grand Theft Auto ()ga qiyosan shu nom bilan atalgandi.

To‘da boshlig‘i, o‘zbekistonlik Ibaydullo Subhonov uni 2012 yil mart oyida Moskva viloyatida tuzgan, jinoiy guruhga kelib chiqishi O‘rta Osiyo davlatlaridan bo‘lgan kamida 15 kishi a’zo bo‘lgan. Ularning qo‘lida o‘qotar qurollar va o‘q-dorilar bo‘lgan. To‘da a’zolari tunda qo‘lbola mixlar yordamida avtomobil shinalarini ishdan chiqarib, haydovchilarni to‘xtashga majbur qilgan. Keyin esa ularni mashina ichidan tushirib, o‘ldirib, buyumlarini o‘zlashtirib olishgan. Subhonov 2014 yil noyabrida qo‘lga olish chog‘ida qurolli qarshilik ko‘rsatgani natijasida o‘ldirilgan.

Tomonlarning mavqei

Rosssiya Federatsiyasi Oliy Sudidagi eshituvlar jarayonida mahkumlar va ularning advokatlari ishni qayta ko‘rib chiqishga yuborish, ayblanuvchilarni qator qotillik ishlarida oqlash, shuningdek, o‘ta og‘ir jinoyatlar – qotillik va bosqinchilikni ayblov xulosasidan chiqarib tashlash, jazo muddatini yengillashtirish, asosiy aybni to‘da boshlig‘i va qochishga urinib Moskva viloyat sudida otishma sodir etgan to‘da a’zolari (ularning uchtasi o‘sha yerda o‘ldirilgan, to‘rtinchisi kasalxonada o‘lgan) zimmasiga qo‘yishni so‘rashdi.

“Himoyam ostidagi G‘ulomov aybini qisman tan olgani va jabrlanuvchilarga yetkazilgan zararni qisman, 20 ming rubl miqdorida to‘lab berganini inobatga olishingizni so‘rayman”, deb aytgan mahkumning advokati uning og‘ir jinoyatga qo‘l urmaganini hisobga olib jabrlanuvchilardan G‘ulomovni kechirishlarini so‘radi.

Mahkum Dodoxonov tarjimon orqali “bu to‘daga tasodifan qo‘shilib qolgani”, jinoyat joyiga “faqat haydovchi sifatida” borganini aytdi.

Hasanov “qalbaki pasportga asosan sudlangani”ni aytib, apellatsiya mahkamasidan barcha hujjatlardangi ism-sharifini o‘zgartirishi va bu holatni tekshirish uchun O‘zbekiston Respublikasiga so‘rov jo‘natishni iltimos qildi. “Bu mening haqiqiy ism-sharifim emas. Menda tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomamning asl nusxasi bor, unda men haqimdagi haqiqiy ma’lumotlar Baydulla Ataqulov nomiga yozilgan”, dedi u. Uning aytishicha, 2008 yili soxta Qirg‘iziston pasporti asosida Rossiya Federatsiyasi fuqarolik pasportini olgan.

Ammo prokuratura vakili suddan tekshiruv o‘tkazishni rad etish va hukmni qonuniy deb e’tirof etib, o‘zgarishsiz qoldirishni so‘radi. Prokurorning so‘zlariga ko‘ra, mahkumning aybi birinchi instansiya sudida dalillar bilan isbotlangan, uning keltirayotgan shikoyati esa bironta asosga ega emas. Sud Hasanovning iltimosini qanoatlantirmadi, ishni qayta ko‘rib chiqish va jazoni yumshatishni rad etdi.

Jabrlanuvchilar TASS muxbiri bilan suhbatda jinoyatchilarga umrbod qamoq jazosi berilishiga rozi ekanliklari, hukmni qonuniy va asosli deb hisoblashlarini aytishdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан