Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonliklar asosan qaysi davlatlarga ko‘chib ketayotgani ma’lum bo‘ldi
22.07.2019 13:30,  
25

2019 yil yanvar-iyun oylarida doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasidan xorijiy mamlakatlarga ko‘chib ketganlar soni 4 847  kishini tashkil qildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.

Shundan 56,3 foizi Qozog‘istonga, 36,9 foizi Rossiyaga, 1,2 foizi AQShga, 1 foizi Isroilga, qolgan 4,6 foizi foizi esa boshqa davlatlar hissasiga mos keladi. 

Qayd etilishicha, joriy yil boshidan beri  doimiy yashash uchun O‘zbekistonga xorijiy mamlakatlardan ko‘chib kelganlar soni 1361 kishini tashkil etdi. Shundan 29,7 foizi Qozog‘istondan, 24,2 foizi Tojikistondan, 22,3 foizi Rossiyadan, 14,3 foizi Qirg‘izistondan, 9,5 foizi boshqa mamlakatlardan ko‘chib kelgan.

Umuman olganda, yil boshidan buyon kelganlar soni 78,9 ming kishini tashkil etdi (ichki 77,5 ming kishi, tashqi - 1,4 ming kishi), chiqib ketganlar - 82,4 ming kishi (ichki 77,5 ming kishi, tashqi - 4,9 ming kishi).

Migratsiya saldosi minus 3,5 ming kishiga yetdi va 2018 yilning shu davriga nisbatan minus 6,2 ming kishini tashkil etdi.

Migratsiya darajasi yuqoriligi Qashqadaryo (minus 3,3 ming kishi), Samarqand (minus 2,5 ming kishi) va Qoraqalpog‘istonga (minus 1,7 ming kishi) qayd etildi. Migratsiyaning ijobiy saldosi Toshkent shahrida (plyus 12,9 ming kishi) kuzatildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан