Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi yangi loyihani taqdim etdi
14.05.2019 12:43,  
93

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan hamkorlikda “O‘zbekistondagi bo‘sh ish o‘rinlari” nomli yangi loyihani taqdim etdi. Bu haqda elchixona matbuot xizmati xabar qilmoqda.

“Loyihamiz sizga o‘zingiz orzu qilgan ishni topish va beqiyos Vatanimiz taraqqiyotiga o‘z hissangizni qo‘shish imkonini beradi deb umid qilamiz”, - deyiladi xabarda.

Elchixona veb-saytida maxsus bo‘lim ochilib, unda yuqori malakali fuqarolar uchun O‘zbekiston davlat va xususiy tashkilotlaridagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida batafsil ma’lumotlar keltirilgan.

Jadvalda ish beruvchi, faoliyat sohasi, lavozim turi, ish hududi, nomzodlarga talablar, ish haqi hamda murojaat qilish yoki rezyume yuborish uchun telefon raqamlari havola etilgan. Jadvaldagi ma’lumotlar tegishli tashkilotlardan murojaatlar kelishiga qarab muntazam yangilab boradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан