Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonning sobiq davlat kotibi: Prezidentni yomon deydigan odam men bo‘lishim kerak edi
15.05.2019 16:35,  
117

Jurnalist Komiljon Shamsiddinov O‘zbekistonning sobiq davlat kotibi Rahim Rajabovdan intervyu oldi. Rahim Rajabov ushbu intervyuda O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov bilan birga ishlagan davrlarini yodga oldi.

Mustaqillik hamma uchun kutilmagan voqea bo‘lgandi. Davlat – kichik bo‘lsayam, davlat-da, ro‘zg‘orning katta-kichigi bo‘lmaydi. Uning tashvishlari bor. O‘sha paytda ularni hal qilishda birgina Prezidentning qo‘lidan ko‘p ish kelmasdi. Bu – birinchidan. Ikkinchidan, ‘Sen Prezident bo‘lasan’ deya bizda biror odam maxsus tayyorlanmagan. Birinchi Prezidentimiz o‘z komandasini yiqqan paytda, biz ham o‘sha jamoaga tushib qolganmiz. U kishi «Men bir tomonni, sen boshqa tomonni olib borasan», degandilar.

Keyinroq ko‘p tashvish mening o‘zimga qolib ketgan. U kishining tashqi davlatlar bilan bog‘liq va shunga o‘xshash ishlari ko‘payib ketgan. Ichkaridagi ishlarniyam kimdir qilishi kerak-ku. Eng katta muammolar – xalq och, o‘z pulimiz yo‘q, chegaralar ochiq, uni o‘zimiz himoya qilishimiz kerak edi.

Ilk to‘rt-besh yilimiz, qiyinchilik bilan bo‘lsa-da, yomon kechmadi. Keyinchalik, rahmatli Islom Abdug‘aniyevichning ham yoshi ulg‘ayib, tajriba orttirdi. Saylovdan so‘ng o‘zim ‘Do‘stim, endi mening vazifamni ham qisqartiring‘, deb aytganman va Davlat kotibligidan – o‘zimning avvalgi ishimga, ya’ni Vazirlar Mahkamasi raisi muovinligiga ketganman.

Yana bir gap. O‘sha paytlarda Prezident atrofida davlatga vijdonan xizmat qilaman, degan odamlar kamayib keta boshladi: noma’qul odamlar ko‘payib, hammasi bir ‘mafiya’ bo‘lib qoldi. Mundoq o‘ylasangiz, Prezidentni yomon deydigan odam men bo‘lishim kerak edi. O‘sha paytda, ‘Sen bilan ishlamayman’ deya ketganimcha – o‘ttiz yildan buyon haliyam ishlamayman. Hech kimning ‘odami’ ham bo‘lmaganman.

Rahim Rajabov, O‘zbekistonning sobiq davlat kotibi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан