Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“O‘zgidromet” havo harorati pasayishi haqidagi xabarlarni rad etdi. Anomal issiq davom etadi
23.07.2019 20:04,  
30

O‘zbekiston hududiga issiq havo oqimi kirib kelishi evaziga iyul oyining oxirgi va avgust oyining birinchi kunlari havo harorati juda issiq bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lum qildi.

Avvalroq, O‘zbekistonda anomal jaziramadan so‘ng nihoyat havo harorati pasayib, yaqin kunlarda harorat kunduzi +32 daraja issiq, kechasi +18 daraja iliq bo‘lishi haqida xabar berilgan edi.

«O‘zgidromet»ning bildirishicha, keyingi haftaning boshida respublika hududiga yana issiq havo oqimi kirib keladi. Shuning uchun iyul oyining oxirgi va avgust oyining birinchi kunlari havo harorati yuqori bo‘ladi.

Bizning O‘rta Osiyo iqlimi uchun bu yilgi iyul oyi juda issiq keldi. Oy hali tamom bo‘lmagan bo‘lsa-da, lekin biz butun meteorologik kuzatuvlar davrida respublikamizning ko‘pgina joylari, shu jumladan Toshkent shahrida eng issiq iyul oyini boshdan kechirdik deb ayta olamiz.

11 iyuldan boshlab havo harorati me’yordan 5-7 darajaga, ayrim joylarda undan ham yuqori bo‘ldi. Masalan, Toshkentda maksimal harorat har kuni 40 darajadan oshdi, eng jazirama kunlarda 42-43 darajaga yetdi. Respublikamiz shimoli, janubiy rayonlari va cho‘l zonalarida bundan ham issiq bo‘ldi. Kunduzi harorat 44-46 darajaga ko‘tarildi.

Bunday haroratlarni bizning iqlim sharoitlarida odatdan tashqari deb bo‘lmaydi, biroq bu davrning uzoq davom etganligi anomal ob-havo hodisasidir.

Bu haftaning boshidan O‘zbekistonning shimoliy tumanlariga Volgabo‘yi hududidan havo oqimi kirib kelishi natijasida Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida, respublikamizning cho‘l zonalarida harorat foni biroz pasaydi. Yaqin kunlarda O‘zbekistonning qolgan hududlarida ham harorat biroz pasayib, 24—26 iyul kunlari kunduzi harorat 37-40 daraja atrofida bo‘ladi.

Keyingi haftaning boshida respublikamiz hududiga yana issiq havo oqimi kirib keladi. Shuning uchun iyul oyining oxirgi va avgust oyining birinchi kunlari yana juda issiq bo‘ladi. Biroq bu issiq qanchalik uzoq davom etishi to‘g‘risida hozircha aytish qiyin.

O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан