Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«O‘ztransgaz» rahbari o‘rinbosari «Lukoyl» oldidagi qarzdorlik sababli bo‘shatildi
6.04.2019 17:41,  
10

Baxtiyor Rahmonqulovich Anorqulov «O‘ztransgaz» kompaniyasi raisining moliya bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi lavozimidan chetlatildi, deya xabar qildi Gazeta.uz.

Lavozimidan chetlatilishiga «Lukoyl» oldidagi katta miqdordagi qarzdorlik sabab bo‘lgani aytilmoqda. Mart oyi boshida biz O‘zbekistonning 2018 yilda Rossiya kompaniyasi oldida 600 mln dollarga yaqin miqdorida qarzdor bo‘lib qolgani haqida yozgan edik.

«Lukoyl"ning qazib olish bo‘yicha katta vitse-prezidenti Azat Shamsuarov O‘zbekiston mahsulotni bo‘lishib olish to‘g‘risidagi kelishuvda qazib olingan gaz to‘liq eksport qilinishi ko‘zda tutilgan bo‘lsa ham, O‘zbekiston qazib olingan gazning bir qismini ichki bozorga olib qolgani sababli vujudga kelganini ma’lum qilgan edi.

«O‘ztransgaz» «Gazeta.uz» so‘roviga Baxtiyor Anorqulovning ishdan bo‘shatilishi to‘g‘risidagi hujjat hozirda mavjud emas, deya javob berdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан