Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






OAV: Hindistonda 300 dan ortiq kishi noma’lum kasallik bilan shifoxonaga yotqizildi. Bir kishi vafot etgan
7.12.2020 12:57,  
306

Hindistonning Andxra-Pradesh shtatidagi Eluru shahrida bir kishi noma’lum kasallikdan vafot etdi, yana 315 kishi xuddi shu kasallik belgilari bilan kasalxonaga yotqizildi, deb xabar bermoqda «RBK».

The Hindu gazetasi ma’lum qilishicha, bemorlarda bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i va epilepsiya (tutqanoq) simptomlari kuzatilmoqda. Ularning koronavirusga topshirgan testlari manfiy natija bergan.

Mahalliy sog‘liqni saqlash organlari xabar qilishicha, kasallanganlar tez sog‘aymoqda, ularning 170 nafariga uyga ketishga ruxsat berilgan. Ayni paytda suv, oziq-ovqatlar va bemorlarning qon tahlillari natijalari kutilmoqda.

The Times of India ma’lumotlariga qaraganda, kasallanganlar 5 dekabr, shanba kuni shifokorlarga murojaat qila boshlagan. O‘sha kuni noma’lum kasallik belgilari Eluruning turli hududlarida yashovchi 45 kishida aniqlangan.

Nashrning yozishicha, ekspertlar kasallik kelib chiqishi bilan bog‘liq bir nechta versiyalarni ko‘rib chiqmoqda, ular orasida havo ifloslanishi oqibatida yoki sifatsiz oziq-ovqatlardan zaharlanish.

 

Noyabr oyida Senegalda o‘nlab baliqchilar ochiq okeanda noma’lum kasallikni yuqtirib olgan edi. O‘shanda Senegalda (G‘arbiy Afrikada joylashgan) 200 ga yaqin kishi noma’lum kasallikka chalingan, ular ochiq okeanda uni yuqtirib olgani taxmin qilingan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан