Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






OAV: Malayziyaning yo‘qolgan MH370 to‘g‘risidagi “davlat siri” ochildi
24.09.2019 17:29,  
2166

2014 yilning mart oyida radarlardan g‘oyib bo‘lgan Malayziyaning MH370 samolyoti bilan sodir bo‘lgan fojia hukumat tomonidan tuzilgan keng ko‘lamli ssenariyning bir qismi bo‘lishi mumkin. Amerikalik yozuvchi, aviatsiya mutaxassisi Kristina Negroni shunday deb hisoblaydi.

Negronining ta’kidlashicha, samolyot g‘oyib bo‘lishidan bir yil muqaddam Malaysia Airlines parvozlarni kuzatishda muammolar borligi to‘g‘risida ogohlantirilgan.

“2013 yil aprel oyida va undan keyin iyun oyida aviakompaniyalarning bir nechta auditorlari milliy va xalqaro aviatsiya standartlari bo‘yicha aviakompaniyada bir qator muammolarni aniqladilar. Parvozlarni har yarim soatda kuzatib borishi, aviakompaniya har bir samolyotning joylashish joyini bilishi kerak edi”, deydi Negroni.

Yozuvchining fikriga ko‘ra, sodir etilgan qoidabuzarlik halokatga sabab bo‘lishi yoki unga hissa qo‘shishi mumkin emas edi. Texnik nosozlik havo bosimining yo‘qolishiga olib kelgan va bu uchuvchilarning holatiga ta’sir qilgan.

MH370 2014 yil 8 mart kuni Kuala-Lumpur aeroportidan Pekinga uchgan. Samolyot bortida 239 kishi bo‘lgan. Boing 777 oxirgi marta Janubiy Xitoy dengizi bo‘ylab parvoz boshlanganidan bir soatu o‘n to‘qqiz daqiqa o‘tib, boshqaruv markazi bilan bog‘langan va keyin g‘oyib bo‘lgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан