Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






OAV Pavel Durovni Rossiyaning eng boy odami deb atadi
15.01.2021 22:00,  
517

Telegram asoschisi Pavel Durovga messenjerning 5-10 foizi uchun 30 mlrd dollar taklif qilingan. Bundan kelib chiqilsa, Durov Rossiyaning eng boy odami hisoblanadi. Bu haqda ikkita manbaga tayanib The Bell nashri xabar berdi.

Durov bu ko‘rsatkich bilan Forbes talqini bo‘yicha hozirda Rossiyaning eng odami bo‘lgan Vladimir Potaninni ancha ortda qoldiradi. “Nornikel” egasining boyligi hozirda 19,7 mlrd dollarga baholanmoqda. 

Biroq Durov bunday “mo‘may” taklifga qaramay, messenjerdagi ulushini sotishdan bosh tortgan. Sarmoyachilar Telegram’ni Rossiyaning eng boy kompaniyalaridan biri sifatida baholashmoqda. Jumladan, u “Yandeks” (bozor qiymati 22 mlrd dollar), Rossiyaning eng yirik oltin qazib oluvchisi “Polyus” (27,3 mlrd dollar) va “Surgutneftegaz”dan (21,9 mlrd dollar) qimmatroq turadi. Vaholanki, 2017 yilda messenjer 3-5 mlrd dollarga baholangan.

Nashrning ta’kidlashicha, Durov Telegram’ni “VKontakte”ni va 2 ming bitkoinni sotishdan olgan mablag‘lari hisobiga moliyalashtiradi.

Avvalroq Durov Telegram foydalanuvchilari soni 3 kun ichida 25 mlnga ko‘payib, jami 500 mlndan oshganini ma’lum qilgandi. Messenjer AQSh prezidenti Donald Trampning Twitter’dagi sahifasi bloklanib, uning tarafdorlari qo‘llagan Parler ijtimoiy tarmog‘i App Store va Google Play’dan o‘chirib tashlangandan keyin ommalasha boshlagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан