Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






OAV xodimlarining davlat idoralari tomonidan mukofotlanishiga qarshiman — Akmal Burxonov
5.03.2021 11:12,  
189

Korrupsiyaga qashi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov Amerika Ovozi’ga intervyu berdi va unda agentlik zimmasiga qanday vazifalar yuklangani, odamlar undan nima kuta oladi, nima kutmasligi kerakligi va OAV haqida so‘zladi. Intervyu davomida Burxonov OAV xodimlarining davlat tomonidan mukofotlanishiga qarshi ekanligini bildirdi.

«Men OAV xodimlarini davlat idoralari tomonidan mukofotlanishiga qarshiman. Lekin ayni vaqtda O‘zbekistonda ularni davlat idoralari mukofotlamasa, kim mukofotlaydi? Ularni rag‘batlantiruvchi tashkilotlar bormi? To‘g‘ri, hozirgacha ba’zan mukofotlashgan bo‘lishlari mumkin. U ham bo‘lsa, asosan, blogerlarni…» — deydi u.

Akmal Burxonov suhbat davomida o‘zining Buyuk Britaniyaga bo‘lgan safari haqida ham aytib o‘tdi.

«Men 10 kun davomida OAV bo‘yicha Buyuk Britaniya tajribasini o‘rganib keldim. BBC da ham bo‘ldim o‘sha vaqtda. U yerda jurnalistlarning hamjamiyatlari borligini ko‘rdim. Ularning etika qoidalari, kodekslari borligini ko‘rdim. Bular qonun bilan emas, aynan o‘sha hamjamiyatlar orqali tuzilgan. Bizga o‘xshab 1 dona emas, davlat tomonidan tashkil etilgan ham emas. Ularning o‘zlari xohlab qo‘shilishadi va ularni rag‘batlantiruvchi hamjamiyatlari bor» — deya ta’kidladi antikorrupsiya agentligi rahbari.

Shuningdek, u O‘zbekistonda bloger yoki OAV biror jarayonni yoritganida unga pul to‘langan yoki yo‘qligini bilib bo‘lmasligiga ham to‘xtalib o‘tdi.

«Britaniyada OAVlar shunday tartibda ishlashadiki, xalqqa ochiq, ham biznes qilishadi. Qaysi materiallari reklama sifatida, qaysi birlari o‘zlari tomonidan qilishgani ochiq. Bizda esa, afsuski, hammasi aralashib ketgan. Qaysidir jarayonni bir hududdagi bloger yozsa, hattoki davlat OAVi yoritsa ham bunga pul to‘langani yoki yo‘qligini biz bilmaymiz. Bu korrupsion holat. Bizda shunday misollar ham borki, biror davlat muassasi, nodavlat bizneslar korrupsion holat orqali davlat OAVlaridan foydalanib biror materialni tayyorlatishgan. Bu narsaga xorijda, xususan, AQShda jiddiy qarashadi. Bu ham etika qoidasini buzishga kiradi, ham qonunni» — dedi Akmal Burxonov.

U korrupsion holatni fosh qilgan, jurnalistik surishtiruvlarni o‘tkazgan jurnalistlarni davlat idoralari emas, ularning hamjamiyati, kasaba uyushmalari, tashkilotlari taqdirlashni xohlashini ham aytib o‘tdi.

Intervyu davomida Burxonov OAVlarning biror jarayonni yoritishi birinchi navbatda o‘zlari uchun manfaatdor bo‘lishi kerakligini ham qo‘shimcha qildi.

«Biz qaysidir bir OAVga chiqib, „mana bu narsani yoritishda yordam bering, biz bilan birga borishingiz mumkin“ deganimizda, „yo‘lkiramizni to‘lab berasizlarmi, harajatlarni kim qoplaydi?“ degan savollar ham bo‘ladi. Bundan birinchi o‘rinda o‘zlari manfaatdor bo‘lishlari kerak, lekin hozir bizda ko‘proq davlat idorasi manfaatdor. Shuning uchun ham ularni taqdirlayapti, ular bilan yaqin bo‘lishni istayapti. Menga jurnalistlar savol bilan murojaat qilishsa, suhbat qilishmoqchi bo‘lishsa shu taklif bizdan chiqmayotganiga, bundan OAVlar manfaatdor bo‘layotganidan xursand bo‘laman. Bu narsa hamma sohada bo‘lishi kerak. Shundagina OAVlar davlat tomonidan hech qanday rag‘batni kutishmaydi, unga harakat ham qilishmaydi, o‘zlarining hamjamiyatida o‘sish ham bo‘ladi» — deydi agentlik rahbari.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан