Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






OAVda birinchi marta Turkmaniston birinchi xonimining surati e’lon qilindi (Foto)
29.11.2021 22:12,  
1116

27 noyabr kuni Ashxobodda Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Erdo‘g‘on Turkmanistonga rafiqasi Emine Erdo‘g‘on bilan kelgan. Tashrifni yoritgan turk nashrlari Erdo‘g‘on va Berdimuhamedovlarning birga tushgan suratini e’lon qilgan.

Bu Turkmanistonning birinchi xonimi Ogulgerek Berdimuhamedovaning birinchi rasmiy fotosurati, deb yozadi «Xronika Turkmenistana».

Turkman ommaviy axborot vositalarida esa Berdimuhamedovaning surati chop etilmadi. Gurbanguli Berdimuhamedovning rafiqasi ziyofat chog‘ida olingan telereportajda kadrga tushib qolgan, lekin operator unga alohida e’tibor qaratmagan.

Gurbanguli Berdimuhamedov teleko‘rsatuvlarda ko‘pincha bolalari va nabiralari davrasida namoyon bo‘ladi, lekin uning rafiqasi har doim kadr ortida qoladi. «Xronika Turkmenistana» xabarida Turkmaniston prezidentining nabiralari bilan navbatdagi qo‘shiqni yozayotgani tasvirlangan video ilova qilingan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан