Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Obodonlashtirish ishlarini qoniqarsiz bajargan 12 ta tuman hokimlari jazolandi
10.11.2021 13:30,  
965

Kecha Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tkazilgan videoselektor so‘ngida “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish bo‘yicha vazifalar ijrosi ham ko‘rib chiqildi.

O‘tgan hafta bo‘lgan videoselektorda bu boradagi barcha masalalar tuman darajasida birma-bir tushuntirib berilgan edi. Oxirgi 3-4 kun mamlakatga yopirilgan chang bo‘ronlari ushbu dastur qanchalik to‘g‘ri ekanini yaqqol ko‘rsatdi.

“Bir narsani aniq tushunish kerak, viloyat, tuman va shahar hokimlari uch kun muddatda o‘zining hududida xalqqa murojaat qiladi, prezident va Senatga qilingan ishlar haqida har oyda hisobot beradi. Bunda qo‘shib yozish, raqamlarni bo‘rttirib ko‘rsatish, pala-partish ishlar ketmaydi”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.Ta’kidlanishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Namangan, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishga faol kirishilgan.

Lekin Surxondaryo, Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida daraxt ekish ancha ortda qolmoqda.

Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Tomdi, Do‘stlik, Arnasoy, Forish, Yangiariq, Sherobod, Termiz, Muzrabot, G‘uzor, Kitob tumanlarida ko‘chat ekish ishlari haligacha boshlanmagan. Yig‘ilishda ushbu tuman hokimlari qat’iy ogohlantirildi.

Tegishli viloyatlar hokimlariga ushbu tuman hokimlariga intizomiy chora ko‘rish bo‘yicha topshiriq berildi.

Vazirlik, tarmoq, korxona rahbarlari o‘z tizimida rejalar bajarilishiga mas’ul bo‘lishi ta’kidlandi. Buning uchun har bir vazirlik, idora, viloyat yoki tuman va shahar hokimi o‘ziga majburiyat olishi aytildi.

Prezident ikki kun muddatda har bir tashkilot, tuman va mahalla kesimida ko‘chat ekish grafiklarini tasdiqlash bo‘yicha topshiriq berdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан