Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






OChL-2021. "Paxtakor" uchinchi savatchadan joy oldi, AGMK pley-offda yutsa to‘rtinchi savatchada bo‘ladi
23.01.2021 15:24,  
363

Osiyo futbol konfederatsiyasi 2021 yilgi Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi uchun savatchalarni e’lon qildi.

Bu yildan e’tiboran guruh bosqichida 40ta klub ishtirok etadi. 10ta guruhda (5ta G‘arb, 5ta Sharq) 4tadan klub qatnashadi. G‘arb mintaqasidagi guruh bosqichi o‘yinlari 14-30 aprel kunlari, Sharq mintaqasidagi guruh bosqichi o‘yinlari 21 apreldan 7 maygacha markazlashgan holda bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston chempioni 3-savatchadan o‘rin olgan. Ushbu savatchada "Istiqlol" (Tojikiston), "Al-Vihdat" (Iordaniya), "Goa" (Hindiston) va "Istiqlol" (Eron) kabi klublar o‘rin olgan. Bitta savatchadan o‘rin olgan klublar bir guruhda bo‘lishmaydi.

O‘zbekistonning yana bir vakili AGMK esa pley-off bosqichida "Al-Garafa"ni mag‘lub eta olsa to‘rtinchi savatchadan joy oladi.

OChL-2021 savatchalari:
G‘ARB MINTAQASI  

1-savatcha: "Al-Duhayl" (Qatar), "Al-Hilol" (Saudiya Arabistoni), "Persepolis" (Eron), "Sharja" (BAA), "Al-Sadd" (Qatar).

2-savatcha: "Al-Nassr" (Saudiya Arabistoni), "Traktorsozi" (Eron), "Shabab Al-Ahli Dubay" (BAA), "Al-Rayyan" (Qatar), "Al-Ahli" (Saudiya Arabistoni).

3-savatcha: "Paxtakor" (O‘zbekiston), "Al-Vihdat" (Iordaniya), "Goa" (Hindiston), "Istiqlol" (Tojikiston), "Istiqlol" (Eron).

4-savatcha: "Al-Shorta" (Iroq), "Al-Garafa" (Qatar) – AGMK (O‘zbekiston) g‘olibi, "Al-Vahda" (Saudiya Arabistoni) – "Eyr Fors" (Iroq) g‘olibi, "Fulad" (Eron) – "Al-Ayn" (BAA) g‘olibi, "Al-Vahda" (BAA) – "Al-Zavraa" (Iroq) g‘olibi.

ShARQ MINTAQASI

1-savatcha: "Szyansu Sunin" (Xitoy), "Kavasaki Frontale" (Yaponiya), "Chonbuk Xyonde Motors" (J.Koreya), "BG Patxum Yunayted" (Tailand), "Shandun Lunen" (Xitoy).

2-savatcha: "Gamba Osaka" (Yaponiya), "Ulsan Xyonde" (J.Koreya), "Tay Port" (Tailand), "Guanchjou" (Xitoy), "Nagoya Grampus" (Yaponiya).

3-savatcha: "Yunayted Siti" (Filippin), "Kitchi" (Gonkong), "Viyettel" (Vetnam), "Joxor Da’rul Tazim" (Malayziya), "Tampines Rovers" (Singapur).

4-savatcha: "Sidney" (Avstraliya), "Beyszin" (Xitoy) – "Brisben Roar" (Avstraliya)/"Kayya Iloilo" (Filippin) g‘olibi, "Sereso Osaka" (Yaponiya) – "Melburn Siti" (Avstraliya)/"Shan Yunayted" (Myanma) g‘olibi, "Poxan Stilers" (J.Koreya) – "Ratchaburi" (Tailand) g‘olibi, "Tegu" (J.Koreya) – "Chiangray Yunayted" (Tailand) g‘olibi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан