«Odam anatomiyasi» kitobini chop etishda qator qonun talablarini buzgan Buxoro tibbiyot institutiga qarshi ish qo‘zg‘atildi

«Odam anatomiyasi» kitobini chop etishda qator qonun talablarini buzgan Buxoro tibbiyot institutiga qarshi ish qo‘zg‘atildi

27 mart kuni «Troll.uz» blogining muallifi Umid G‘ofurov Buxoro davlat tibbiyot instituti «Odam anatomiyasi. Atlas» kitobining xaridida davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunlarni buzgan bo‘lishi mumkinligi haqida video e’lon qilgan edi. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi mazkur holat bo‘yicha o‘rganish ishlarini o‘tkazgan bo‘lib, unda «Davlat xaridlari to‘g‘risida» va «Raqobat to‘g‘risida»gi qonun talablari buzilganini aniqlandi.

Xususan, tanlov savdolarida uch tomonlama kelishuv borligi ma’lum bo‘lgan. Bular:

Maxsus axborot portalida joylashtirilgan dastlabki tijoriy takliflarga ko‘ra, Bitubi Grupp MChJ 933 dona «Odam anatomiyasi. Atlas» kitoblari uchun 382,5 million so‘m bilan, «Buxoro Sharq» MChJning esa 373,6 million so‘m bilan o‘z takliflarini taqdim etgan.

Shunga qaramay, 933 dona kitobning umumiy narxi 373,6 million so‘mga xarid qilish uchun shartnoma Bitubi Grupp MChJ bilan tuzilgan. O‘rganish davomida maxsus axborot portalidagi ma’lumotlar Bitubi Grupp’ning taklifi – 373,6 million so‘mga, «Buxoro Sharq»ning taklifi esa 382,5 million so‘mga almashtirilgani ma’lum bo‘lgan.

«Raqobat to‘g‘risida»gi qonuni talabiga muvofiq savdolarning bitta yoki bir nechta ishtirokchisiga savdolarda qatnashish uchun imtiyozli shart-sharoitlar yaratib berish mumkin bo‘lmasa-da, buyurtmachi «Odam anatomiyasi» kitobining Shuhrat Teshayev va Yelena Xaribova tomonidan yozilganini xarid qilishga e’lon bergan. Ikkala muallif ham Buxoro tibbiyot instituti xodimi hisoblanadi.

Mazkur kitoblar xaridini o‘rganish jarayonida, oldingi o‘tkazilgan auksionlarda №5113538-sonli loti bilan «Qurilish Ta’mir Savdo» MChJ, №5121356-sonli lot bilan «Global Bahodir Trast» MChJ g‘olib deb topilgan. Ammo kitob yetkazib berishni imkoni bo‘lmagach, o‘zaro kelishuvga ko‘ra, shartnomalar bekor qilingan. Aniqlanishicha, kitobni aynan Bitubi Grupp MChJ chop etgan.

O‘rganish yakunlariga ko‘ra, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Buxoro viloyat hududiy boshqarmasining Maxsus komissiyasi tomonidan Buxoro tibbiyot institutiga qarshi ish qo‘zg‘atib, unga ko‘rsatma berilgan.