Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Odam go‘shti sotilgani haqidagi xat yuzasidan tekshiruv o‘tkazildi
8.04.2019 10:44,  
49

Farg‘onadagi dehqon bozorida odam go‘shti sotilayotgani haqidagi gaplar asossiz va yolg‘on, bo‘lib chiqdi deb xabar qilmoqda Bosh prokuratura.

Bosh prokuratura, mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan tekshiruvda aniqlanishicha, xat muallifi Xoliq Rahimov oldin ham bir necha marotaba yo‘llagani shunday mazmundagi murojaatlari o‘z tasdig‘ini topmay, asossiz va yolg‘on bo‘lib chiqqanligi aniqlangan.

Shuningdek, xat muallifi 1940 yilda tug‘ilgan X. Raximov Farg‘ona shahri, Sohil ko‘chasi, 237-uyda yolg‘iz o‘zi yashashi, ruhiy jihatdan muomalaga layoqatsizligi va 1985 yildan buyon ruhiy kasalliklar shifoxonasida doimiy ro‘yxatda turishi aniqlangan. 

Ushbu holat yuzasidan Farg‘ona shahridagi «Soybo‘yi» MFY raisi va MFYda yashovchi fuqarolar bilan suhbatlashilganda H. Rahimov doimo norozi kayfiyatda yurishi, farzandlari bilan ham munosabatlari yaxshi emasligi, u bilan suhbatlashishning imkoni yo‘qligi, ruhiy jihatdan nosog‘lomligi ma’lum bo‘lgan.

Biroz oldin Feysbuk va Telegramdagi guruhlarda mahalliy fuqarolardan biri prezident qabulxonasiga xat yo‘llab, Farg‘ona shahar markazidagi “Dehqon bozori”da savdo yurituvchi 50 nafar qassob “qabristondan odam go‘shtini olib kelib, sotish bilan shug‘ullanayotganligi” haqidagi xabarlar tarqalgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан