Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“Odamlar siz – ommaviy axborot vositalari tufayli qo‘rquvga tushyapti”. Koronavirusdan halok bo‘lish darajasi mavsumiy grippniki bilan deyarli teng
20.02.2020 18:03,  
690

Bir oydan ortiq vaqtdan beri dunyodagi yetakchi ommaviy axborot vositalari Xitoy koronavirusi haqidagi so‘nggi xabarlar bilan tinimsiz tanishtirib boryapti. Eng so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, bu virus paydo bo‘lgan oxirgi ikki oy ichida hammasi bo‘lib 2 130 kishi uning qurboniga aylandi.

Ulardan faqat 101 nafari virus o‘chog‘i bo‘lgan Hubey provinsiyasidan tashqarida va atigi 11 nafari Xitoy tashqarisida – Hongkong (2 kishi), Eron (2), Diamond Princess sayohat kemasi (2), Fransiya (1), Yaponiya (1), Filippin (1), Janubiy Koreya (1) va Tayvanda (1) vafot etdi.  

 Ayni vaqtda AQShning o‘zida qish boshlanganidan buyon 10 mingdan ortiq kishi oddiy gripp tufayli hayotdan ko‘z yumdi. Umuman olganda, Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra har yili mavsumiy gripp sababli 290 mingdan 650 minggacha inson vafot etadi. Birgina Angliyada har yili grippdan o‘rtacha 17 ming bemor o‘ladi. 

2009 yili AQShning Kaliforniya shtati janubida cho‘chqa grippi tarqalishi boshlangan bo‘lsa, epidemiyaning birinchi yili davomida H1N1 virusidan zarar ko‘rganlarning umumiy soni 150 mingdan 500 minggacha deb hisoblangan.     

Uxanda paydo bo‘lgan Xitoy koronavirusidan qo‘rqish kerakmi, u biz uchun qanchalik xavfli

O‘lim darajasi

Albatta, kasallikning xavfliligini aniqlash uchun undan o‘lganlarning raqami bilan solishtirish unchalik to‘g‘ri emas. Masalan, 2009-2010 yillarda tarqalgan cho‘chqa grippidan turli hisob-kitoblarga ko‘ra Yer yuzi aholisining 10-20%i kasallangan. Xuddi shu manzarada qurbonlar soni yarim million kishiga yetganda ham unchalik qo‘rqinchli ko‘rinmasdi. 

Ammo, baribir, kasallikdan o‘lganlar darajasini solishtirishda foyda bor – kasallanganlarning umumiy sonidan qanchasi vafot etayotganini bilish muhim.      

Statistikaga ko‘ra, cho‘chqa grippi kabi global epidemiyalar o‘rtacha har 25 yilda bir marta yuz beradi va har 100 ming kasallangan kishidan 10-20 nafari vafot etadi. (0,01 – 0,02%)

Ayni kunlarda Xitoy koronavirusidan o‘lish darajasi odatiy holatdan ikki baravar ko‘proqqa o‘xshaydi: kasallikdan zararlangan birinchi 100 ming kishi hisobiga 2 000 dan ortiq qurbon to‘g‘ri kelyapti, ya’ni, taxminan 2%.

Umuman olganda, turli xil tadqiqotlarga ko‘ra Covid-19 virusidan o‘lim darajasi 0,5% dan 4%gacha bo‘lishi mumkin. 

Bu ko‘rsatkichlar odatdagi mavsumiy viruslarniki bilan to‘liq bir xil. Rossiya Epidemiologiya va mikrobiologiya instituti professori Viktor Zuyevning so‘zlariga ko‘ra, “mavsumiy gripp infeksiyasidan o‘lim holati xuddi shunday nisbatda yoki biroz yuqori ham bo‘ladi”.

©️ EPA

 

Shu bilan birga koronavirusdan farqli ravishda oddiy grippga juda kamdan-kam holatda labarotoriya sharoitida tashxis qo‘yiladi. Covid-19 bo‘yicha rasmiy statistika esa bemorning ahvoli og‘irlashib, unga labaratoriya tashxisi zarur bo‘lganidan keyingina yuritiladi. 

Ko‘pchilik mutaxassislarning qat’iy fikricha, koronavirusdan zararlangan o‘n minglab odamlar o‘zlarida og‘ir alomatlar ko‘rinmagani uchun shifokorlarga murojaat qilmagan. Yana ba’zilari esa kasal bo‘lganini ham tushunib yetmagan bo‘lishi mumkin. Bundan kelib chiqadiki, koronavirusdan “rasmiy” o‘lim darajasi ancha oshirib yuborilgani ehtimoli bor.          

Ayni vaqtda, bu ko‘rsatkich aytilayotganidan yuqoriroq bo‘lishi ham istisnoli holat emas. Shuni unutmaslik kerakki, hozirgacha kasallangani rasman tasdiqlangan 75 mingdan ortiq insonning faqat 22%i tuzalgan bo‘lsa, qolgan 78%i haligacha bemorligicha qolyapti –  ulardan qanchasi to‘liq tuzalib chiqishini taxmin qilishimiz mumkin, xolos.

Garchi istalgan kasallikning ommaviy tarqalishi deyarli har doim dastlab o‘ta jiddiy ko‘rinsa ham oxir-oqibatda oddiy sabablardan kelib chiqqani ma’lum bo‘ladi. Ammo mana shunday og‘ir kasalliklar ko‘proq diqqatni jalb qiladi. 

Harvard universitetidan epidemiolog Mark Lipsich H1N1 cho‘chqa grippi tarqalgan birinchi oylarda har o‘n nafar bemordan bittasi vafot etganini eslaydi. Bu holat virusdan zararlanganlarning juda ko‘pchiligi kasallikni oyoqda turib o‘tkazishi va hatto shifokorga murojaat qilmasligi ma’lum bo‘lgunicha davom etgan. Keyinroq ushbu holat umumiy statistikaga qo‘shilganida o‘lim darajasi birdaniga 0,1%gacha tushib ketgan. (Ya’ni, cho‘chqa grippi yuqtirganlar soni rasman ro‘yxatga olinganidan ancha ko‘pligi yuzaga chiqqach, undan o‘layotganlar nisbati umumiy miqdor oldida o‘ta pastligi ma’lum bo‘lgan.)

Solishtirish uchun, 2003 yili SARS (atipik zotiljam) epidemiyasi vaqtida o‘lim darajasi qariyb 10%ni tashkil qilgan; Yaqin Sharq respirator sindromidan (MERS) esa kasallanganlarning o‘rtacha har uch nafaridan bittasi vafot etgan. Shunday ekan, Covid-19 virusi o‘lim darajasi bo‘yicha o‘zining o‘tmishdoshlaridan ancha ortda qolib ketgan.

Xo‘sh, bu kasallik qo‘rqishga arziydimi?

Istalgan kasallikning xavfini ko‘rsatuvchi yana bir muhim belgi – uning zararliligi, ya’ni, virusni tashuvchi odam yana qancha insonni zararlashga ulgurishi sanaladi. Bunda hatto kasallik yengil shaklda va hech qanday belgilarsiz o‘tishi ham hisobga olinadi. 

Shu nuqtai nazardan qaraganda Covid-19 amalda mavsumiy grippdan xavfliroq. Agar “oddiy” virus bilan kasallangan 10 kishi o‘rtacha yana 13 kishini zararlantirishi (1,3 baravarga ko‘payishi) mumkin bo‘lsa, xitoylik tibbiyot xodimlarining hisob-kitoblariga qaraganda koronavirus bilan kasallangan 10 kishi 22 kishini zararlashga ulguradi (ko‘payish ko‘rsatkichi 2,2 baravar). 

©️ AFP

 

Rossiya Eksperimental tibbiyot instituti bosh virusologi Larisa Rudenko “kasallanganlar bilan aloqada bo‘lganlar uchun virus juda ham xavfli” degan fikrga e’tibor qaratadi.          

“Ko‘rinishidan xuddi Yaponiyadagi sayohat kemasida (Diamond Princess) bo‘lganidek hatto shamollatish tizimi orqali ham bu virus bilan kasallanish mumkin. U yerda kasallanganlar o‘zaro aloqa qilmagan, ular hech qayerga chiqmagan, ammo, baribir, kasal bo‘lishdi. SARS epidemiyasi vaqtida ham Hongkongda ko‘pqavatli uylarning yuqori qavatlarida yashovchilar shamollatish tizimi orqali quyi qavatlardagi bemorlardan virusni yuqtirib olgan. Kasallikning havo-tomchi orqali o‘tishi juda xavfli”, deydi u. 

Biroq SARS virusidan zararlanish darajasi ancha yuqori – 3 baravar atrofida bo‘lgan (bir kishi uch kishini kasallantirgan), qizamiqda esa bundan ham baland – 12 baravar. 

Aynan shuning uchun ham bu kabi kasallikdan zararlanganlik haqida gumon paydo bo‘lsa, karantin qilish muhim bo‘ladi. 

“Eng muhimi, bu – karantin. Lekin odamlar buni tushunmaydi. Odamlar (Sankt-Peterburgdagi) Botkina kasalxonasidan karantinda turmay qochib ketishi – jamiyat oldidagi mas’uliyatsizlikdir”, deb ta’kidlaydi Larisa Rudenko.   

Har qanday infeksiya tarqalganida undan zarar ko‘rishi mumkin bo‘lgan xavf guruhiga bolalar, keksalar, homilador ayollar, immmuniteti zaif va surunkali kasalliklar bilan og‘ruvchilar kiradi.

Ammo Rossiya tabiiy fanlar akademiyasi faxriy vitse-prezidenti Viktor Zuyevning qayd etiishicha, to‘liq sog‘lom shaxs koronavirusdan qo‘rqmasa ham bo‘ladi.

 “Odamlar sizlar – ommaviy axborot vositalari tufayli qo‘rquvga tushyapti. Bu – yangi virus keltirib chiqargan kasallik bo‘lgani uchun unga nisbatan kutilmagan munosabat bo‘lyapti. Holbuki, uning asosiy xususiyati ancha past o‘lim ko‘rsatkichi (2,5-3%) sanaladi. Shu bilan birga virus o‘ta zararli”, deb ta’kidlaydi Viktor Zuyev. 

Yana uning fikricha, navbatdagi koronavirus epidemiyasi mutlaqo tabiiy yuz bergan bo‘lib, u “biz foydalanayotgan sivilizatsiya uchun olingan narsalarning to‘lovidir”.     

“Biz tezroq va uzoqroq masofalarga safar qilyapmiz, juda katta sondagi odamlar bilan muloqotda bo‘lyapmiz, demak, o‘zimiz bilan mikrob yuklarini olib boryapmiz. Biz bakteriologik jihatdan ham, virusologik jihatdan ham steril (toza) emasmiz. Biroq bizga (Rossiyada) niqoblar ham, vaksinalar ham kerak emas”, deydi u. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан