Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Odamlarni doriga emas, balki to‘g‘ri ovqatlanish va sportga o‘rgatish kerak – Prezident
28.02.2020 19:10,  
782

Avval xabar qilganimizdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev Yashnobod tumani rahbarlari, mahalla raislari, tadbirkorlar, maktab va sog‘liqni saqlash muassasalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda prezident odamlarga muammolarni ochiq-oydin muhokama qilgani kelganini, shuning uchun yodlangan gaplarni gapirmasdan, ko‘proq savol berib, takliflarini aytishi kerakligini ta’kidladi.

Foto: president.uz

Shuningdek, Yashnobod tumanida maktabgacha ta’lim muassasasi qurish, maktablarni kapital ta’mirlash, zamonaviy klinikalar tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi. Sog‘lom hayot tarzini shakllantirish, odamlarni ko‘proq doriga emas, balki to‘g‘ri ovqatlanishga, sportga o‘rgatish butun jamoatchilikning vazifasi bo‘lishi kerakligi qayd etildi.

Foto: president.uz

Jinoyatchilikning oldini olish, obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha ham ko‘rsatmalar berildi.

- Yashnobod o‘z nomiga munosib yashnab turishi, quyi tizimda ishni tashkil qilish bo‘yicha namuna bo‘lishi kerak, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Foto: president.uz

Ochiq muloqotda aholi va tadbirkorlar o‘z fikr-mulohazalarini aytdi. Prezidentimiz bildirilgan takliflarni qo‘llab-quvvatlash va ularni amalga oshirish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан