8 fevral kuni Toshkent shahar hokimligida poytaxtni obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish masalalari bo‘yicha matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu haqda "Tez News" xabar qildi.
Ta’kidlanishicha, matbuot anjumani davomida Lutfiy, Istirohat, Aviatsiya muzeyi, Gagarin, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, Botanika bog‘i, Yangi Sirg‘ali bog‘i, Ohangaron shox ko‘chasi loyiha takliflari taqdim etildi.
Qayd etilishicha, 2021 yilda Toshkent shahridagi kanallarning atrofini obodonlashtirish, ularining qirg‘oqbo‘yi hududlarini mustahkamlash ishlari hamda veloyo‘laklarni tashkil qilish tadbirlari ham davom etadi. Jumladan, Chilonzor tumanida «Novza» sohil bo‘yi sayilgohini barpo etish ishlari olib borildi.
Shuningdek, aytib o‘tilgan ba’zi tanqidlarga, shaxar xokimi Jaxongir Ortiqxo‘jayev taklif berishni so‘radi.
«Oddiy yo‘q deyish oson, taklif loyihani bersin ko‘rib chiqamiz» , – dedi shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev
Ma’lumotga ko‘ra, 2021 yilda Toshkentda qurilishi rejalashtirilgan bino va inshootlar, bog‘, xiyobon va maydonlar loyihalari aholi o‘rtasida keng muhokamaga qo‘yiladi va aholining fikri inobatga olingan holda tadbiq etiladi.