Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Odil Ahmedov: "Futbolni aldab bo‘lmaydi. Milliy jamoadagi faoliyatimni yakunladim"
19.06.2021 16:47,  
305

O‘FA navbatdagi tashqari kongressining ikkinchi qismida O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov, Terma jamoalar markazi boshlig‘i Aziz Haydarovdan keyin so‘z milliy jamoamiz sardori Odil Ahmedovga berilgach, 33 yoshli futbolchi bosh jamoamiz safidagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.

«Bugun juda ko‘p gapirildi, lekin men bitta narsani aytib o‘tmoqchiman – futbolni aldab bo‘lmaydi. Agar biz bugun o‘zgarmasak, har safar saralash yakunida shu yerda turib kechirim so‘raymiz. Futbolchi bo‘ladimi, murabbiy bo‘ladimi yoki umuman futbol sohasida ishlaydigan bo‘ladimi futbol manfaatini birinchi o‘ringa qo‘ymasa, bizda hech qachon natija bo‘lmaydi.

Futbolda mayda detallar ko‘p. Men gapiradigan bo‘lsam, bu bahonadek ko‘rinadi. Buni futbol ichidagilar to‘g‘ri tushunadi. Asosiy muammolarimizdan biri biz bolalar futbolini to‘g‘ri yo‘lga qo‘ymaganmiz. Fundament bo‘lmaganidan keyin natija ham bo‘lmaydi. Milliy jamoadagi faoliyatimni yakunladim», - dedi Odil Ahmedov.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан