Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘FA “Surxon” klubining rahbarlari va kaltaklangan futbolchilarni jazoladi
22.09.2021 09:00,  
191

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi “Surxon” futbol klubining ma’muriyati klubning sobiq futbolchilari Javohir Esonqulov va Akrom Xo‘jayevni kaltaklagani bo‘yicha rasmiy bayonot berdi.  

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati va mas’ul mutaxassislari ishtirokidagi maxsus yig‘ilishda bu kabi salbiy holatlar keskin qoralangan va ushbu shaxslarning mas’uliyatsizligi va etika normalariga rioya qilmasligi o‘zbek futboli imijiga putur yetkazayotgani ta’kidlangan.

Ma’lum qilinishicha, O‘FA tomonidan “Surxon” futbol klubi bosh direktori Azamat Abduraxmonov, sport direktori Abdumajid Toirov, futbolchilar Asror G‘ofurov, Javohir Esonqulov va Akrom Xo‘jayev futbol bilan bog‘liq har qanday faoliyatdan chetlashtirildi.

Bu huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan olib borilayotgan tergovga qadar tekshiruv yakuniga qadar davom etadi.

Futbolchilar klubdagilar ularni dubinka bilan urishgani va otvyortka bilan so‘ymoqchi bo‘lishganini gapirib berishgandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан