Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘FA tomonidan 70 million so‘m miqdorida jarimaga tortilgan hakam FIFA referisiga aylandi
20.01.2021 15:47,  
343

FIFA 2021 yil xalqaro musobaqalarni boshqarishi mumkin bo‘lgan hakamlar ro‘yxatini e’lon qildi.

Ushbu ro‘yxatda O‘zbekistondan 9 nafar bosh hakam va 11 nafar laynsmen o‘rin olgan.

E’tiborlisi o‘zbekistonlik Asker Najafaliyev bu yildan FIFA referisiga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil 28 noyabr kuni O‘FA A.S.Nadjafaliyev hakamlarning futbol faoliyatini himoya qilish to‘g‘risidagi deklaratsiyasiga asosan O‘FA futbol faoliyatini nazorat qilish maxsus inspeksiyasi bilan hamkorlik qilganligi va OFK Hakamlar akademiyasida tahsil olayotganligi, tahsil jarayonida eng yaxshi ko‘rsatkichlarni qo‘rsatayotganligini inobatga olib, biroq O‘FA intizom kodeksining 5.42. bandiga asosan O‘zPFL musobaqalarini o‘tkazish bilan bog‘liq real faktlarni buzib ko‘rsatishga uringanligi uchun 2020 yil futbol mavsumi oxirigacha hakamlik qilishdan chetlatgan va 70 000 000 (yetmish million) so‘m jarimaga tortgan edi.

FIFA hakamlar orasida futboldan 5 yilga chetlatilgan Jasur Muxtorov va futboldan 3 yilga chetlatilgan Sherzod Qosimov ham o‘rin olgan.

O‘zbekistonlik FIFA hakamlari ro‘yxati:
Aziz Asimov
Sherzod Qosimov
Rustam Lutfullin
Edita Mirobidova
Jasur Muxtorov
Asker Najafaliyev
Ahrol Risqullayev
Anna Sidorova
Ilgiz Tantashev

O‘zbekistonlik FIFA laynsmenlari:
Timur Gaynullin
Zilola Rahmatova
Abduhamidullo Rasulov
Jahongir Saidov
Ruslan Serazitdinov
Kristina Sereda
Sanjar Shoyusupov
Husniddin Shodmonov
Aleksandr Sidorov
Andrey Sapenko
Alisher Usmonov

O‘zbekistonlik futzal hakamlari:
Nikita Afinogenov
Askarbay Arzibekov
Hushnudbek Atamuratov
Anatoliy Rubakov

Sohil futboli hakami:
Jamoliddin Najmiddinov

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан