Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






OFK Kubogi “F” guruhi o‘yinlari qayerda o‘tishi ma’lum bo‘ldi
2.03.2021 16:50,  
219

Osiyo futbol konfederatsiyasi OFK Kubogi 2021 yilgi mavsum guruh bosqichi “F” guruhi o‘yinlari markazlashgan holda Tojikistonda o‘tkazilishini e’lon qildi. Bu haqida "Yangi O‘zbekiston" gazetasi internet nashri TFF rasmiy saytiga tayanib ma’lumot bermoqda.

“F” guruhidan O‘zbekistonning OKMK yoki “Nasaf” Tojikistonning “Xo‘jand”, Turkmanistonning “Oltin asr”  va Qirg‘izistonning “Oloy” klublari  joy olgan.

Guruh bosqich o‘yinlari markazlashgan tizimda 14-20 may kunlari Dushanbedagi “Markaziy” stadionida o‘tkaziladi. Guruh g‘oliblari o‘rtasidagi pley-off bahslari esa 11-25 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Bu o‘yinlar mezboni hali aniq emas. 

Qayd etish joizki, OKMK Qatarning “Al-G‘arafa” klubiga qarshi OChL saralash bosqichi pley-off bahsida g‘alaba qozonsa, OChL “A” guruhidan joy oladi. “Nasaf” esa OFK Kubogida ishtirok etadi. Aks holda Olmaliq klubi OFK Kubogi “F” guruhida qatnashib, o‘yinlarini Dushanbeda o‘tkazadi.

OFK kubogi “F” guruhi o‘yinlari jadvali:
1-tur
14 may.
OKMK/”Nasaf”  – “Oloy”.
“Oltin asr” – “Xo‘jand”.

2-tur
17 may.
“Oloy”  – “Oltin asr”.
“Xo‘jand” – OKMK/ “Nasaf”.

3-tur
20 may
OKMK/ “Nasaf” – “Oltin asr”.
“Xo‘jand” – “Oloy”.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан