Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Og‘ir dardga chalingan bolani minglab tabrik xatlari suiqasddan asrab qoldi
9.09.2019 14:41,  
23

Juda og‘ir kasallikka chalingan boltonlik (Buyuuk Britaniya) bolakay begona kishilardan minglab tabrik xatlari qabul qildi. Bu haqda Mirror nashri xabar berdi.

13 yoshli Ris Uilyams epidermolizm kasalligidan aziyat chekadi. Tug‘ma kasallik tufayli uning terisi juda sezuvchan va tezda yaralanadi. Ozgina qattiqroq xatti-harakat tufayli ham uning terisida pufakchalar paydo bo‘ladi. Shikastlanishning oldini olish uchun qo‘l va oyoqlarni muntazam bint bilan o‘rashga to‘g‘ri keladi. Teridagi po‘rsildoqlarga dori surtib, uning tarqalmasligi va o‘rni chandiq bo‘lib qolmasligini doimiy nazorat qilib turish kerak.

Har doim bint bilan yurish va davolanishdan charchagan bolakay o‘zini o‘ldirishni xohladi va onasiga bu yog‘iga chiday olmasligini bildirdi. Qo‘rqib ketgan ayol bolasini hayotga qaytarish uchun antiqa usulni o‘ylab topdi: u Facebook foydalanuvchilaridan o‘g‘lining tug‘ilgan kuniga tabriknoma yuborishlarini iltimos qildi.

Post tarmoqda juda mashhur bo‘lib ketdi. Bir necha kun ichida butun dunyodan 3 mingdan ortiq tabrik xatlari yetib keldi. Kelayotgan xatlar juda ko‘p bo‘lganidan maktublar Risning uyiga pochta furgonida keldi.

Risning onasi Tanya bolakayning xursand ekanini aytmoqda. U o‘g‘li bilan har bir tabriknomani o‘qishayotganini aytdi. "Ishonish qiyin!  Minglab kishilar Risga tabriknoma, sovg‘alar jo‘natishmoqda. Meni va o‘g‘limni qo‘llab-quvvatlagan barchaga tashakkurimni bildiraman", deydi qahramon ona.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан