Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘g‘irlikka tushgan shaxs aniqlandi
21.02.2021 07:59,  
780

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati ma’lum qilishicha: Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida yashovchi ayolning uyiga o‘g‘irlikka tushgan noma’lum shaxs aniqlandi.

19 sentyabr kuni G‘.G‘ulom ko‘chasida yashovchi R.M imli ayol IIBga murojaat qilib, unda shu kuni noma’lum shaxs yashash xonadoniga eshik qulfini kalit tanlash yo‘li bilan, g‘ayriqonuniy ravishda kirib, yotoqxonasidagi shkaf ichidagi sumkada bo‘lgan 400 AQSh dollar va 3.000.000 so‘m pullarini yashirin ravishda o‘g‘irlab ketganini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshloq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “G” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida mazkur jinoyatni X.A. sodir etganligi aniqlanib, unga nisbatan sud tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Qonunchilikka asosan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан