Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ohangaron shahriga yangi hokim tayinlandi
4.06.2020 18:34,  
297

Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishida tashkiliy masala ko‘rildi. Kun tartibidagi masala bo‘yicha viloyat hokimi Rustam Xolmatov nutq so‘zladi. 

Viloyat hokimi o‘z so‘zida shaharda keyingi paytda yig‘ilib qolgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolar, xususan, aholi bandligini ta’minlash sohasida to‘planib qolgan masalalar, qulay tadbirkorlik muhitini yaratish bo‘yicha joriy islohotlarni o‘z vaqtida va yuqori saviyada ijro etish singari masalalarda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni tanqidiy tahlil qildi.

Ohangaron shahar hokimi Odiljon Jo‘rayev lavozimidan ozod etildi. 

Rustam Xolmatov Ohangaron shahri hokimi lavozimiga Eshonqulov Akrom Jo‘rayevich nomzodini tavsiya qildi

Muhokamalardan so‘ng Xalq deputatlari Ohangaron shahri Kengashi deputatlari Jo‘rayev Akrom Jo‘rayevich nomzodini Ohangaron shahri hokimi lavozimiga tayinlash to‘g‘risidagi qarorni ochiq ovoz berish yo‘li bilan tasdiqladilar.

Akrom Eshonqulov 1976 yil 16 fevralda Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida tug‘ilgan. G. Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot akademiyasi hamda Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetining magistratura bosqichini tamomlagan. Mutaxassisligi - iqtisodchi.

U mehnat faoliyati davomida davlat boshqaruv tizimida bir qator vazifalarda, jumladan Toshkent viloyati hokimligi axborot tahlil guruhi rahbari, Ohangaron tumani hokimining birinchi o‘rinbosari - shahar hokimi, Ohangaron tumani hokimi v.v. b lavozimida ishlagan.

Akrom Eshonqulov mazkur lavozimga tayinlangunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Respublika bo‘ysunuvidagi shaharlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘limining Olmaliq shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi sifatida faoliyat yuritgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан