Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ohangaron va Qonliko‘l tumanlariga ham yangi hokimlar tayinlandi
16.09.2020 14:15,  
194

Bugun Ohangaron tumani hokimligida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari XIII sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Tashkiliy masala ko‘rib chiqilgan sessiya ishida Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatov, viloyat sektor rahbarlari ishtirok etdi.

Abdullayev Abdurasul Ne’matovich Ohangaron tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

Abdurasul Abdullayev – Ohangaron tumani hokimi

A. Abdullayev 1968 yilda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy. 1991 yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida bank tizimida bir qator vazifalarda ishlagan. Ushbu lavozimga tayinlangunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari - «O‘zbekchorvanasl» agentligi bosh direktori vazifasida faoliyat yuritgan.

Piskent tumaniga yangi hokim, prokuror, IIB va DSI boshlig‘i tayinlandi (foto)

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonliko‘l tumani hokimi lavozimiga Ibragimov Abu-Bakir Abdinaimovich tayinlandi.

A.Ibragimov bunga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi sanoat, qurilish, transport va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelgan.

Eslatib o‘tamiz, Qonliko‘l tumanining sobiq hokimi D.Tolibayev koronavirus infeksiyasi asoratlari natijasida olamdan o‘tgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан