Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ohangaronda oyoqlari yo‘q, yonib ketgan ayolning jasadi topildi
8.01.2021 21:13,  
899

  Toshkent viloyati Ohangaron tumanida oyoqlari yo‘q, yonib ketgan ayolning jasadi topildi. Bu haqida Ichki ishlar boshqarmasidagi manbalarga tayanib "Repost" xabar bermoqda. Ma’lum qilinishicha, dastlabki sud-tibbiy ekspertizasiga ko‘ra, marhumning tanasida kuyish 80 foizni tashkil qiladi. Ta’kidlanishicha, 5 yanvar kuni Toshkent—Olmaliq avtomagistral yo‘lining 15-kilometrining chetida, Toshkent viloyati Ohangaron tumanining Gallakuduq mahallasini kesib o‘tayotganda, qotillik alomatlari bilan ayolning kuygan jasadi topilgan. Aniqlanishicha, ayol taxminan 20–35 yoshlar atrofida.
   Bundan tashqari, ayolning tanasida ko‘plab turli xil jarohatlar ham topilgan. Ta’kidlanishicha, ayol pastki oyog‘idan boshlab ikkala oyog‘ining bir qismini yo‘qotgan. Jabrlanuvchining shaxsini aniqlash uchun barmoq izlari sinovlari o‘tkazilgan.
  «Tahlil natijalariga ko‘ra, jasad Samarqand viloyati Oqdaryo tumani Koteri mahallasida yashovchi 29 yoshli K.Sh.ga tegishli ekanligi aniqlandi», deyiladi matbuot xizmati xabarida.
  Qayd etilishicha, ushbu fakt bo‘yicha Toshkent viloyati prokuraturasi tomonidan 97-moddasi 2-qismi (Qasddan odam o‘ldirish)ga ko‘ra jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан