Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ohangaronda sodir bo‘lgan yong‘in haqida birlamchi ma’lumot berildi
31.05.2021 21:53,  
363

Toshkent viloyati Ohangaron tumani «Shodmalik» MFY hududida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV birlamchi ma’lumot berdi.

Bugun, 31 may kuni soat 15:52 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchi dispetcherlik xizmatiga Toshkent viloyati Ohangaron tumani «Shodmalik» MFY hududidan o‘tuvchi «Toshkent-Olmaliq» avtomobil yo‘li bo‘yida qurigan o‘t va xas-xashaklar yonayotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga, Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 5 ta  yong‘in o‘chirish ekipajlari soat 16:09 da yetib borgan, yong‘in soat 16:52 da qurshab olingan. Hozirda yong‘inni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Yong‘in natijasida tan jarohati olgan va xalok bo‘lganlar yo‘q.

Vaziyat FVV rahbariyati tomonidan to‘liq nazoratga olingan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан