Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ohangarondagi kuchli yong‘in tafsilotlari ma’lum qilindi
29.06.2020 10:48,  
434

Kecha Toshkent viloyati Ohangaron shahrida ko‘p qavatli uylarning birinchi qavatida joylashgan do‘konda yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Toshkent viloyati IIBBning ma’lum qilishicha, yong‘in do‘kon qarshisida «Zil-130» yuk mashinasi va Damas to‘qnashuvi oqibatida yuzaga kelgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent shahrida yashovchi 28 yoshli haydovchi Sh.U. o‘zining boshqaruvidagi «Zil-130» rusumli yuk avtomashinasini Toshkent shahridan Angren shahriga yo‘lovchisiz va yuksiz boshqarib ketayogan bo‘lgan. «Zil-130» Ohangaron shahrining Amir Temur ko‘chasi «Guliston» MFY hududida joylashgan 3-sonli ko‘p qavatli uyning ro‘parasiga yetganida avtomashina qo‘l tormozining ichki qismida yong‘in kelib chiqqan. Haydovchi avtomobilni to‘xtatishga uringan, ammo boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning o‘ng tomoniga o‘tib ketgan. Avtomashinani to‘xtatolmay ko‘p qavatli uyning yonida haydovchi va yo‘lovchisiz to‘xtab turgan xususiy korxonaga tegishli Damas rusumli transport vositasiga borib urilgan.

Ikki avtomashinaning to‘liq yonishi oqibatida yong‘in 3-sonli ko‘p qavatli uyning birinchi qavatida joylashgan yengil tamaddixona, oziq-ovqat va xo‘jalik mollari hamda kanselyariya do‘koni, dorixonaga, shuningdek, ushbu do‘konlarning yerto‘lalariga o‘t ketgan.

Kelib chiqqan yong‘inni bartaraf qilishga jami 7 ta yong‘in o‘chirish maxsus mashinasi jalb qilinib, soat 15:00 da yong‘in to‘liq bartaraf qilingan.

Mazkur yong‘in natijasida «Zil-130» rusumli yuk avtomashinasi haydovchisi Sh.U. kuyish jarohati bilan Ohangaron tuman markaziy shifoxonasiga murojaat qilgan va unga o‘ng oyoq boldir, o‘ng qo‘l kaft sohalarida I—II darajali termik kuyish tashxisi qo‘yilgan.

Holat yuzasidan shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari, Ohangaron shahar hokimining farmoyishi asosida yetkazilgan moddiy zarar miqdori va ularni bartaraf qilish borasida maxsus komissiya tuzilib, hodisa joyida shtab tashkil qilingan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан