Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Oila kodeksiga “ko‘p bolali oila” tushunchasi kiritilmoqda
18.06.2020 17:45,  
497

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining rasmiy veb saytida ma’lum qilinishicha, ayni kunda parlamentda Oila kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish masalasi muhokama qilinmoqda.

Xususan, milliy qonunchiligimizda ko‘p bolali oilalarning huquqiy maqomi aniq belgilanmoqda.

Oila kodeksiga “ko‘p bolali oila” tushunchasi va uning huquqiy maqomini belgilovchi qo‘shimcha kiritilmoqda. Unga ko‘ra, ota-ona yoki ulardan biri bilan birga yashayotgan to‘rt va undan ortiq 18 yoshga to‘lmagan, shuningdek, kunduzgi ta’lim olayotgan 22 yoshga to‘lmagan bolalari bo‘lgan oilalar ko‘p bolali oilalar hisoblanadi. Ushbu hujjat loyihasi qabul qilinsa, qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotidagi turli yondashuvlar bartaraf bo‘ladi. Davlat himoyasiga muhtoj ko‘p bolali oilalarga turar joy, yer ajratish, soliq to‘lovlari va boshqa bir qator imtiyozlardan keng foydalanishga asos yaratiladi.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан