Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Oksford universiteti olimlari yerning seysmik holatini o‘rganish maqsadida O‘zbekistonga keladi
21.03.2022 00:24,  
94

Mamlakatimizning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi xodimlari Oksford universitetining Yer fanlari fakulteti professori Richard Uolker va Arxeologiya maktabi tadqiqotchisi Pol Vudvors bilan onlayn muzokaralar o‘tkazishdi.

Unda Okfsord universiteti delegatsiyasining joriy yil 25 mart - 2 aprel kunlaridagi O‘zbekistonga amaliy safariga hozirlik ko‘rish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Safar davomida Britaniya tomoni vakillari mamlakatimizning turli mintaqalarda bo‘lishib, yerlarning seysmik xavflilik darajasini o‘rganishlari rejalashtirilmoqda.

Xususan, Oksford universiteti olimlari Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumani, Honqa qishlog‘iga borib, u yerda yuz yillar burun yuz bergan zilzilalar o‘rnini o‘rganishadi. Kelajakda seysmik xavfning oldini olish bo‘yicha britaniyalik olimlar tomonidan yo‘ldosh orqali olingan suratlar yordamidagi «seysmik» hududlar xaritasi yaratiladi.

Safar dasturidan, shuningdek, Fanlar akademiyasi huzuridagi institutlar va Oksford universiteti o‘rtasida ilmiy-amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralarni o‘tkazish, Jizzax va Samarqand viloyatlarida bundan oldin yuz bergan zilzilalar o‘rnini o‘rganish,  seysmik xavfning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish va qo‘shma loyihalarni muhokama qilish kabi masalalar ham o‘rin olgan.

Muzokaralar chog‘ida Oksford universiteti vakillari O‘zbekiston Fanlar akademiyasi bilan Hamkorlik memorandumini imzolashga tayyor ekanligini ma’lum qilishdi. Mazkur Memorandum Toshkentda imzolanishi nazarda tutilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан