Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbek olimasi Oksford universitetining Islomshunoslik markazida tadqiqot o‘tkazyapti
21.02.2020 16:33,  
736

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining 2-bosqich doktoranti Nigora Hakimova ayni kunlarda Oksford universitetining Islomshunoslik markazida ilmiy izlanish olib bormoqda.

Kun.uz Angliyaga safari davomida Oksford shahrida ham bo‘lib, atoqli universitetning Islomshunoslik markazida tadqiqot o‘tayotgan ilk o‘zbek ayoli bilan suhbatlashdi.

Nigora Hakimova – Toshkent islom universitetida islom huquqi yo‘nalishida bakalavriat va magistraturada tahsil olib, so‘ng universitetning Islom huquqi kafedrasida o‘qituvchi, Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazida ilmiy xodim, Xadichai Kubro ayol-qizlar o‘rta-maxsus bilim yurtida o‘qituvchi sifatida faoliyat olib borgan.

Hozirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 2-bosqich doktoranti sanaluvchi Nigora Hakimova 2019 yil sentyabr oyidan buyon Buyuk Britaniyaning Chevening dasturi asosida Oksford islomshunoslik markazida ilmiy izlanish olib boryapti.

Nigora Hakimova universitet shaharchasida olib borayotgan ilmiy tadqiqoti, to‘ylar va ajralishlar, islom ilmini ayollarga o‘qitish masalalari, farzandlari o‘qiyotgan Oksforddagi maktablar, g‘arb madaniyati ichida farzand tarbiyalash va kelgusi rejalari haqida gapirib berdi.

MAVZUGA DOIR: «Islomni qabul qilganimdan keyin qiyinchiliklarni yengishim oson bo‘lib qoldi» – toshkentlik rus ayoli iqrori​ (video)

“Bu – Oksfordga ikkinchi marta kelishim. Birinchi marta 2016 yilda kelgandim. Undan oldin 2 yil davomida AQShning Global Engagement instituti tadqiqotchisi bo‘lib, tadqiqotimning natijalari haqida Oksford universitetining dinshunoslik simpoziumida ma’ruza qilgan edim.

Hozirda Buyuk Britaniyaning Chevening dasturi doirasida shu yerda tadqiqot olib boryapman. Tadqiqotim mavzusi – Qaffol Shoshiyning “Mahasinu shariat” asaridagi islom huquqi asoslari.

Qaffol Shoshiyni xalqimiz, xususan Toshkent aholisi Hastimom (Hazrati imom) nomi bilan yaxshi tanishadi. Olimning ilmiy faoliyati ko‘p tomondan o‘rganilgan. Oxirgi paytlarda uning diplomatik qarashlari haqida ham ilmiy ishlar qilindi. Mening tadqiqotim esa Qaffol Shoshiyning islom huquqi asoslari, islom huquqi metodologiyasi, ya’ni usul ul-fiqh rivojiga qo‘shgan hissasi to‘g‘risida.

MAVZUGA DOIR: Aziza Shanazarova Kolumbiya universitetining ilk o‘zbek professori bo‘ldi

Shuningdek, muallif asarda islom huquqi ko‘rsatmalari – inson aqliga muvofiq keladigan, aql qabul qiladigan ko‘rsatmalar ekanini isbotlashga harakat qilgan.

– Bir narsani alohida aytib o‘tmoqchiman. XIV asrda yashab o‘tgan ulamo Imom Shotibiy maqosid ash-sharia, ya’ni shariat maqsadlari faniga katta hissa qo‘shgan olimlardan hisoblanadi. Uning fikricha, biz ibodatga oid masalalarni harfiy, ya’ni boricha qabul qilamiz, dunyoviy masalalarning esa mohiyatiga qarashga harakat qilamiz. Lekin Qaffol Shoshiy ibodat masalalarini ham mohiyatiga qarab xulosa berishga harakat qilgan kam sonli fiqh olimlaridan sanaladi.

Qaffol Shoshiy ham asarining kirish qismida yozadi: “Men bu kitobimni menga beriladigan savollarga javob tariqasida yozdim”. Demak, bu asarning ham dunyoga kelishida o‘sha Markaziy Osiyo xalqlarining o‘rni ham juda katta.

Intervyuni batafsil ushbu videoda tomosha qilishingiz mumkin.

1985 yilda asos solingan ilmiy tadqiqot markazi 2016 yilda yangi binoga ko‘chib o‘tgan.

Islomshunoslik markaziga kirishdagi holda ilingan ka’bapo‘sh. Ka’bai muazzamaga kirish qismining yaxlit bo‘lagi. Ipakdan to‘qilgan, oltin va kumush suvi bilan Qur’on oyatlari bitilgan. Ka’bapo‘sh har yili almashtirib turiladi. 2004 yilgi bu mato Oksford islomshunoslik markaziga malayziyalik tadbirkor Tan Sri Abdul Rashid Husayn tomonidan sovg‘a qilingan.

Muassasadagi o‘quv xonalaridan biriga Buxoro deb nom berilgan.
Ilmiy markaz namozxonasi

 

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан