Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Oktyabr oyida inflyasiya 1,3 foizni tashkil qildi
2.11.2021 08:47,  
91

2021 yilning oktyabr oyida inflyasiya 1,3% ni tashkil etdi. Joriy yilning boshidan iste’mol sektorida narxlarning o‘sish darajasi 7,3 foizni, yillik nisbatda esa 10,6 foizni tashkil etdi.

Yillik nisbatda, joriy yilning oktyabrida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari 14 foizga oshib, uchta asosiy guruhlar orasida narxlar oshishi bo‘yicha yetakchi bo‘ldi. 2020 yilning oktyabr oyidan nooziq-ovqat mahsulotlar narxlari 8 foizga, xizmatlar — 8,4 foizga oshgan.

Oktyabr oyida asosiy oziq-ovqat mahsulotlari orasida (meva-sabzavotlardan tashqari) tuxum (11,2%) va tovuq go‘shti (3,6−4,1%) sezilarli darajada o‘sdi.

Joriy yilning oktyabr oyida spirtli ichimliklar 1 foizga, jumladan, spirtli ichimliklar va likyorlar 1,3 foizga, vino 0,3 foizga, pivo 0,1 foizga qimmatlashdi. Tamaki mahsulotlari 0,7 foizga qimmatlashdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан