Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Old o‘rindiqdagi yo‘lovchilar xavfsizlik kamarini taqishlari shart bo‘ladi
13.04.2022 13:53,  
296

1 maydan kuchga kiradigan yangilangan O‘zbekiston Yo‘l harakati qoidalariga ko‘ra, transport vositalarining old o‘rindig‘ida o‘tirgan yo‘lovchilar xavfsizlik kamarlarini taqib olishlari shart bo‘ladi. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar berdi.

Qoidalarning 9-bandida konstruksiyasida xavfsizlik kamarlari nazarda tutilgan transport vositasini boshqarayotgan haydovchi va uning old o‘rindig‘idagi yo‘lovchilar harakatni boshlashdan oldin xavfsizlik kamarlarini taqib olishlari shart, deyiladi.

2015 yilda qabul qilingan amaldagi YHQ da haydovchi harakatlanish vaqtida xavfsizlik kamarini taqqan bo‘lishi kerakligi aytiladi.

YHQlarining yangi tahririni tasdiqlagan 12 aprel kuni qabul qilingan hukumat qarorida Ichki ishlar vazirligiga 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarni maxsus bolalar o‘rindig‘ida, 7 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarni maxsus ushlab turuvchi moslamali xavfsizlik kamarini taqqan holdan tashish, transport vositasining orqa o‘rindig‘idagi yo‘lovchilar ham xavfsizlk kamarini taqib olishlari inson hayotini saqlab qolish uchun muhim ekanligini keng targ‘ib qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish topshirilgan.

Avtomobillarda homilador ayollar, salomatligi xavfsizlik kamari taqish imkonini bermaydigan bemorlarga avvalgidek xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat beriladi (faqat bu haqda tibbiy ma’lumotnoma bo‘lishi kerakligi bo‘yicha talab paydo bo‘lgan).

Avtomobilni ortga haydayotgan haydovchilar va yo‘nalishli taksi haydovchilari endilikda xavfsizlik kamarini taqishlari shart bo‘ladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан