Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Oldingi jadidlar hozir hayot bo‘lishganida edi…
13.11.2019 19:33,  
1005

Mavjud texnik imkoniyatlar va aholining kattagina qismi o‘qish-yozishni bilishni ko‘rib, nima sabab rivojlanish yo‘lida deyarli hech narsa qilinmayotganiga hayron bo‘lishar edi..

* * *

Ular maktablarda o‘qituvchilik qilishar yoki turli ma’rifiy mavzularda seminarlar, master klasslar tashkil qilishayotgan bo‘lar edi..

* * *

Ular yoshlarni xorijiy tillarni o‘zlashtirib, jahon bilim manbalariga bog‘lanishga targ‘ib qilib bunga texnik sharoitlar yaratishar, Coursera’ga o‘xshagan informatsion o‘quv manbalariga bog‘lanish uchun kompyuterxonalar, kitobxonlar klublari tashkil etib, yoshlarni rivojlanish dasturlari bilan mashg‘ul qilishayetgan bo‘lar edi.

* * *

Ular jamiyatning muammolari borasida tinmay internetda maqolalar chiqarishar, jamiyatning kelajagi va ravnaqi borasida turli bahslar olib borishayotgan bo‘lardi.

* * *

Ular milliy va jahon ma’naviy boyliklarni tarqatish ishlari ustida ko‘p ter to‘kishayotgan, yoshlarning texnik bilimlar poydevori qurish uchun turli Yoshlar innovatsion markazlarni joriy qilishgan bo‘lar edi.

* * *

Ular nashriyot ishlariga jiddiy kirishib vatanimiz adiblari va jahonning klassik va eng zamonaviy asarlarni chop etish ustida qattiq ishlayotgan bo‘lishar edi…

* * *

Ular taraqqiyot loyihalarni moliyaviy ta’minoti uchun boy qatlamlarni xol jonlariga qo‘ymay mablag‘ undira olishgan bo‘lishar edi..

* * *

Ular hukumat siyosati borasida teran tahlil asosida yetuk tavsiyalar chiqarib turishayotgan bo‘lar edi..

* * *

Ular o‘tmish haqida uz mulohazalarida tahliliy yondashib, ortiqcha mag‘rurlikka va keraksiz hasratlarga berilmagan bo‘lishar edi..

* * *

Bugungi kun muammolariga tanqidiy tafakkur bilan yondashgan, bekorchi fitna nazariyalari va be’mani ijtimoiy janjallarga qiziqmagan bo‘lishar edi..

* * *

Va eng muhimi, jadidlarning yuzlari olg‘a, kelajak sari boqqan va bugungi kun zaminida dadil-dadil qadamlarlar bilan harakatda bo‘lishar edi…

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан