Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Oleg Tinkov “Tinkoff bank”ni MTSga sotish to‘g‘risida kelishib oldi – The Bell
15.10.2020 11:23,  
93

Rossiyalik banker va milliarder Oleg Tinkov hamda Yandeks o‘rtasidagi Tinkoff bankni sotish bo‘yicha kelishuvlar “og‘ir ahvolga” kelib qolgan. Bu haqda The Bell nashri tomonlardan biriga yaqin bo‘lgan ikki manbaga tayanib xabar bermoqda.

Nashrning ikkala suhbatdoshi ham kelishuv bo‘lmasligini istisno qilmaydi. Shu bilan birga, Oleg Tinkov, The Bell xabariga ko‘ra, MTS bilan ehtimoliy bitim ham muzokara o‘tkazgan.

MTSni nazorat qiluvchi aksiyalar paketiga Vladimir Yevtushenkovning “Sistema” aksiyadorlik moliyaviy korporatsiyasi tomonidan egalik qiladi. Ayni paytda ishbilarmon qaror qabul qilmagan va xabarga izoh berishdan bosh tortdi.

Shuningdek, Tinkoff bank, Yandeks hamda MTS ham sharh bermagan.

The Bell nashrining tushuntirishicha, Tinkov va Yandeks hali majburiy hujjatlarni imzolamagan. Bu "Tinkov jarimalardan qo‘rqmasdan boshqa tuzilmalar bilan muzokaralarni davom ettirish huquqiga ega" degan ma’noni anglatadi.

Tinkoff bankni boshqaruvchi TCS Group joriy yilning 22 sentyabrida raqamli bankning Yandeksga sotilishi haqida xabar tarqatgan edi. Yandeksning ta’kidlashicha, bitim bo‘yicha yakuniy qaror 29 oktyabrga belgilangan aksiyadorlar yig‘ilishida qabul qilinadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан