Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘lgani iddao qilingan Kim Chen Inning yangi rasmlari e’lon qilindi
2.05.2020 16:37,  
872

Shimoliy Koreyaning KCNA axborot agentligi, uzun zamondir omma oldida ko‘rinish bermagan Kim Chen Inning suratlarini e’lon qildi.

Bu rasmlar, turli manbalarda o‘lgani iddao qilinayotgan Kim Chen Inning oxirgi uch hafta ichida rasmiy nashrda e’lon qilingan ilk suratlari ekanligi diqqatga sazovor.

KCNA ​nashri rasmlar, Shimoliy Koreya liderining Suchon shahridagi o‘g‘it fabrikasini ochish marosimidan olinganligini xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, Kim yuqori martabali amaldorlar va singlisi Kim Yong Jung bilan birgalikda tashrif buyurgan. 

Eslatib o‘tamiz, Kim Chen In 12 apreldan buyon ko‘rinish bermayotgan va hatto 15 aprel kuni mamlakatdagi asosiy bayram hisoblangan bobosining tug‘ilgan kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda ham qatnashmagandi. Shundan so‘ng, uning og‘ir operatsiyani boshdan kechirgani, ahvoli og‘irligi va go‘yoki o‘lgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, 36 yoshli Kim Chen In mamlakatni 2011 yildan buyon boshqarib keladi. U partiya raisligiga otasining vafotidan so‘ng kelgan va mamlakatni boshqarayotgan sulolaning uchinchi vakili hisoblanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан