Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Olib qochilgan avtomashina boshqa bir viloyatda topildi
18.04.2022 14:06,  
136

Samarqand viloyati. 2022 yil 13 aprel kuni Narpay tumanida yashovchi 25 yoshli S.J. Narpay tumani IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda soat 05:30 da Narpay tumani Mirbozor qo‘rg‘onida joylashgan avtoturargohda o‘zining boshqaruvidagi “LADA LARGUS” rusumli avtomashinasida Samarqand shahriga yo‘lovchi olish maqsadida kutib turgan vaqtida, o‘ziga notanish bo‘lgan o‘rta yoshdagi bir erkak kishi kelib, yo‘lovchi sifatida avtomashinasiga o‘tirganidan so‘ng, u yana bir yo‘lovchi olish maqsadida avtomashinasidan tushgan vaqtida, ushbu notanish yo‘lovchi avtomashinani kalit orqali o‘t oldirib, noma’lum tomonga haydab ketganligini bildirib, ushbu noma’lum shaxsni topib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni hamda avtomashinasini topishda amaliy yordam berishni so‘ragan.

Mazkur holat yuzasidan Narpay tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida olib qochilgan “LADA LARGUS” rusumli avtomashina noma’lum shaxs tomonidan Navoiy viloyati Xatirchi tumanida joylashgan ichki yo‘lda tashlab ketilganligi aniqlanib, avtomashina ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Tergov-tezkor harakatlar davom ettirilib, mazkur jinoyatni Navoiy shahrida yashovchi muqaddam sudlangan 27 yoshli R.M. sodir etganligi aniqlanib, u protsessual tartibda ushlangan.

Tergov davomida, qonunbuzardan, nima sababdan ushbu jinoyatga qo‘l urganligi so‘ralganda, u olib qochilgan avtomashinani ehtiyot qismlarga ajratib, sotmoqchi bo‘lganligini, ammo avtomashinaning yonilg‘isi tugab qolganidan so‘ng, uni tashlab ketishga majbur bo‘lganligini bildirgan.

Tergov davom etmoqda.

Ta’kidlash joizki, Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, ushbu turdagi jinoyatni sodir etgan shaxs 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан