Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Olibqochar so‘zlar bilan vaziyatni tinchitish bo‘lmaydi» – Asadjon Xodjayev mutasaddilarning muammoga jiddiy qaramasligi haqida
4.12.2020 13:44,  
135

3 dekabr kuni Xalqaro press-klubda «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunchiligida so‘z hamda matbuot erkinligi va O‘zbekistonda OAVni rivojlantirish jarayonlari» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbir yakunida AOKA rahbari Asadjon Xodjayev jurnalistlarni qiziqtirgan ayrim savollarga javob berdi va ba’zi masalalar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.

Tahliliy maqolalar va mavzular kamligi xususida

«Bizning jurnalistlarga, OAVga tahliliy maqolalar yetishmaydi. Men har doim tahlil tarafdoriman. Nimaga? Har qanday muammoning ob’yektiv va sub’yektiv sababi bor. Bularni biz ochiq-oydin muhokama qilishimiz kerak. Ehtirosga berilib, rahbarlarni biror muammoni tez hal qilib beringlar deyish bilan nimaga undaymiz, ular hisob-kitob qilmasdan, ertaga hal qilamiz, degandek, xalqqa yaxshi ko‘rinish uchun populistik va’dalarni berib yuboradi. Yo‘q, xalqning muammolarini ochiq-oydin ko‘rsatib berishimiz kerak. Imkoniyat bo‘lmasa, uni aytishi, zaxiralar shu ishlarga yetadi, deb aniq bildirishi, turli olibqochar so‘zlar bilan vaziyatni tinchitish bo‘lmaydi. Muammoni tahlil asosida hal qilishimiz kerak».

Xodjayev AOKA tomonidan Gazeta.uz saytiga berilgan taqdimnomani ham izohladi

«Bu masalada, avvalambor, ma’lumotlarni tekshirish haqida gapirdik. Sog‘liqni saqlash vazirligining izohini olish kerak edi. Lekin vazirlik fikri olinmasdan e’lon qilingan. Axborotni birinchi tekshirish kerak. Internetda, ijtimoiy tarmoqlarda turli axborot tarqaladi. Ularning haqqoniyligini tekshirishni biz talab qila olmaymiz, bunga haqimiz ham yo‘q. Lekin har qanday OAV o‘sha axborotni tekshirishi, so‘ng tegishli axborot xizmatidan so‘rashi kerak deb hisobladim. Mabodo, izoh ololmasa, menga chiqishi lozim bo‘ladi».

AOKA jurnalistlar va OAVni himoya qilishni davom ettiradi

«Siyosat o‘zgarmaydi, buni hammamiz bilishimiz kerak. AOKA bundan keyin ham jurnalistlarni va OAVni himoya qilishni davom ettiradi. Mening fikrim, jurnalist yozgani uchun qamoqda o‘tirishi kerak emas. Bu mening pozitsiyam, bu yo‘nalishda ishlayman va ishlarni davom ettiraman».

Muloqotdan qochadigan vazirlik va hokimliklar haqida

«Shu yilning o‘zida jurnalistlarning axborot olish huquqi poymol qilinganini inobatga olib, turli idoralarga 37ta taqdimnoma va ko‘rsatma kiritdik. Ko‘p muloqotdan qochadigan idoralar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligi bo‘ldi. Biz bu idoralarga kiritgan taqdimnomalar bo‘yicha tegishli javobni olamiz va ishni oxiriga yetkazamiz».

Yoritilmagan yoki jiddiy o‘rganilmayotgan mavzular xususida

«Jurnalistlar va blogerlarni hali yoritilmagan mavzularni yoritishga chaqirardik. Bu nima degani? Bizda hozir genderlik masalasi bor. Oilaviy zo‘ravonlik muammosi. Qanday qilib shu kabi holatlarda aziyat chekkanlarga psixologik yordam ko‘rsatish masalasi. Ularga qanday qilib huquqiy yordam ko‘rsatish kabi mavzularni yoritish bo‘yicha davomli bir loyiha bo‘lsa!

Mana, giyohvandlik ham bir illat, u haqda gapirilmaydi. Lekin shu dardga chalinganlarga qanday ruhiy yordam ko‘rsatiladi, qayerga murojaat qilish kerak. Oila a’zolari, yaqinlariga dalda bo‘lish lozim. Buni ham mavzu sifatida olib, davomli yoritish mumkin. Bunday mavzular ko‘p».

Jurnalistlar ijodiy uyushmasi faoliyati haqida

«Jurnalistlar ijodiy uyushmasi yaxshi ishlamayapti. Barchangiz ushbu uyushmaning deyarli a’zosisizlar. Shu uyushma nima uchun yaxshi ishlamaydi, bu masalalarga ko‘proq e’tibor bermaydi. Balki, rahbariyatini qayta saylash kerakdir. Unga sohani yaxshi tushunadigan, yuragi yonadigan shaxslarni tanlash lozimdir. Biz nodavlat notijorat tashkilotiga qanaqadir fikr berishimiz noo‘rin, lekin ayni shu tashkilot barcha muammolarni ko‘tarib, alohida bir hollarni umumlashtirib, ma’lum bir yo‘nalishda shunday tizimli muammolar bilan bizning oldimizga kelishi kerak». 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан