Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Olimlar achchiq ta’mli ovqatlar va qalampir insonlar uchun qanchalik foydali ekanligini ma’lum qilishdi
28.03.2019 15:16,  
131

Qizil qalampirni muntazam iste’mol qiluvchi kishilar kam hollarda  yurak-qon tomir, nafas olish tizimi va xatarli o‘simtalar muammolariga duch kelishadi, deb yozadi “KP”.

Garvard universiteti sog‘liqni saqlash maktabi va Brigam ayollar kasalxonasi olimlari yetti yil davomida 30 yoshdan 79 yoshgacha bo‘lgan qariyb yarim million kishining hayot tarzini kuzatishadi.

Olimlar xulosasiga ko‘ra, achchiq ta’mli ovqatni xush ko‘ruvchilar boshqalarga qaraganda 12-14 foizga ko‘proq umr ko‘rishadi. Achchiq qalampirni iste’mol qilishlarini aytgan kishilar qator kasalliklardan kamroq vafot etishgan.

Shuningdek, professor Gennadiy Onishenko ham chili qalampiri tarafdori. U mayda qalampir bo‘laklarini limon sharbati bilan har kuni ichishga harakat qilishini aytgan. U buni organizm uchun katta foydasi borligi ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu kuch baxsh etuvchi va kayfiyatni ko‘taruvchi endorfin gormonini ishlab chiqaradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан