Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Olimlar antibiotiklarning 28 foizi aslida kerak emasligini ma’lum qildi
4.05.2020 14:06,  
680

Britaniya tibbiyot jurnalida e’lon qilingan yangi tadqiqotda olimlar va shifokorlar tomonidan tayinlangan antibiotiklarning samaradorligini tekshirib chiqdi.

Antibiotiklarning qo‘llanilishiga qarab kasalliklar uch guruhga bo‘lindi:

  • 1. Har doim antibiotiklar qo‘llanilishini talab qiladigan kasalliklar;
  • 2. Ba’zan antibiotiklar qo‘llanilishini talab qiladigan kasalliklar;
  • 3. Hech qachon antibiotiklar qo‘llanilmaydigan kasalliklar.

Mutaxassislarning fikricha, streptokokkli tonzillit, bakterial pnevmoniya yoki o‘pka abssessi kabi kasalliklar antibiotikoterapiya kursini talab qiladi, shu bois ular birinchi guruhdan joy oldi.

Ikkinchi guruhga esa burun bo‘shlig‘ining yallig‘lanishi, emfizema va pastki nafas yo‘llari infeksiyalari kiritildi. 

Nihoyat, antibiotiklar umuman qo‘llanilishi kerak bo‘lmagan kasalliklar kategoriyasiga yuqori nafas yo‘llari infeksiyalari, astma, allergik rinit kabi kasalliklar kiritildi.

Eng qo‘rqinchli tarafi shundaki, 28,5 foiz holatda tayinlangan antibiotiklar hech qanday asosga ega emas.

«Chet el tibbiyoti biznikidan ko‘ra rivojlanganligini va vrachlar malakasi o‘rtasidagi farqni va xalqimiz o‘zini o‘zi antibiotiklar bilan davolashni yaxshi ko‘rishini hisobga oladigan bo‘lsak, yuqorida keltirilgan statistika ma’lumotlari bizda anchagina qo‘rqinchli tusga kirishini taxmin qilishimiz mumkin»,- deyiladi «Dori-Darmon»AK matbuot xizmati ma’lumotida.

Shunday ekan, farzandlaringiz va yaqinlaringizga asossiz antibiotiklar bermang.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан