Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Olimlar inson salomatligi uchun eng zararli va xavfli bo‘lgan odatlarni ma’lum qilishdi
24.08.2019 20:18,  
608

Kanada olimlari inson salomatligi uchun zararli va keng tarqalgan odatlarni ma’lum qilishdi, deb yozmoqda “MedikForum”.

Olimlar o‘tirgan holdagi turmush tarzi ichak, ko‘krak, o‘pka va prostata bezi saratoniga olib kelishini isbotlashdi. Shuning uchun ofisda ishlovchi kishilar tanaffus paytida jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishlari lozim.

Qayd etilishicha, ko‘pchilik hayvonotga mansub mahsulotlar inson salomatligiga qanchalik kuchli ta’sir ko‘rsatishini xayollariga keltirishmaydi. Amerikalik mutaxassislar go‘sht va sut mahsulotlari haddan ziyod iste’mol qilish saraton kasalligini keltirib chiqarishini aniqlashgan. Mutaxassislarning ma’lumotlariga qaraganda, ratsionida oqsil moddasi ko‘p bo‘lganlar boshqalarga qaraganda to‘rt marta ko‘proq saraton kasalligidan aziyat chekishadi.

O‘tkazilgan ko‘plab tadqiqotlar gaz plitasida taom tayyorlash salomatlik uchun jiddiy xavfni keltirib chiqarishini aniqlagan. Tabiiy gaz yonishi jarayonida xavfli moddalar ajralib chiqadi. Shuning uchun gaz plitasi bo‘lgan xonada dudburon o‘rnatilgan bo‘lishi shart.

Qolaversa, shifokorlar hojatxonada telefon o‘ynash yoki gazeta, kitob va jurnal o‘qish odatlaridan voz kechishni maslahat berishadi. Chunki hojatxonada smartfon bilan ko‘p o‘tirib qolish qon bosimini ko‘taradi va qon aylanishining buzilishiga olib keladi. Bu churra, ichak shamollashi va boshqa turli kasalliklar rivojlanishiga olib keladi. Shuningdek, yurak xuruji xavfi ham oshadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан