Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Olimlar: iqlim o‘zgarishi tufayli 2050 yilga kelib banan butunlay yo‘qolib ketishi mumkin
12.09.2019 21:01,  
103

Britaniyaning Ekseter universitetining olimlari, iqlim o‘zgarishi banan hosiliga qanday ta’sir qilishini o‘rganishdi, deya xabar beradi Nature Climate Change jurnali.

Mutaxassislar 27 mamlakatda banan ishlab chiqarishni tahlil qilishdi. Ma’lum bo‘lishicha, global isish tufayli bu ekinning hosili 1961 yildan beri o‘sib borgan. Ammo haroratning doimiy oshishi teskari ta’sir ko‘rsatishi mumkin - 2050 yilga kelib banan butunlay yo‘q bo‘lib ketishi mumkin.

Ta’kidlanishicha, hozirgi kunda o‘nta mamlakatda banan hosildorligi yil sayin pasayib bormoqda. Xususan, Hindiston va Braziliya kelajakda ushbu hosilning eng katta tanqisligiga duch kelishi mumkin.

Olimlardan biri Dan Bebber, banan uchun eng jiddiy tahdidlardan biri «Panama kasalligi» deb hisoblanishini esladi. Uning sababi uproqda yashaydigan qo‘ziqorin Fusarium oxysporum f.sp..dir. Ushbu kasallik tufayli 1920 yillarda Markaziy Amerikadagi plantatsiyalar yo‘q qilindi.

Panama kasalligi Janubi-Sharqiy Osiyo, Lotin Amerikasi va Afrikadagi fermerlar uchun ham zararli hisoblanadi.

Bebberning so‘zlariga ko‘ra, kelajakda iqlim o‘zgarishiga tropik qishloq xo‘jaligini tayyorlash dasturlariga investitsiyalar zarur.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан